Telefon: +998 66 666-56-30

, ,

FAOning QISHLOQ AYOLLARI VA BARQAROR KELAJAK NOMLI TADBIRI BO’LIB O’TDI

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi hamkorligida 15-oktyabr “Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan Toshkent shahridagi “U-Enter” Innovasion tadbirkorlik markazida katta tadbir bo’lib o’tdi, ushbu tadbirda Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining «Xotin-qizlar qo’mitasi» raisi v.f.f.d. katta ilmiy xodim I.Y.Sultanova hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va patentshunoslik bo‘limi boshlig’i M.A.Xoliqovalar institut nomidan faol qatnashishdi.

Davra suhbati shaklida o’tkazilgan tadbirda asosiy maqsad Qishloq xo’jalik vazirligi tasarrufidagi tashkilotlarda mehnat faoliyatini olib borayotgan xotin-qizlarga munosib ish o’rinlarini yaratib berishga qaratilgan.
Institut vakillari ushbu tadbirdan barcha kerakli ma’lumotlarni olgan holda ayrim qiziqtirgan savollar bilan ma’sullarga murojaatlar ham qilishdi va tadbir yakunida o’z taklif mulohazalarini bildirishdi.

Ma’lumot uchun; 15 oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti va xalqaro hamjamiyat Qishloq ayollari xalqaro kunini nishonlaydi. Gender tengligi va qishloq ayollarining huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish — nafaqat adolat masalasi, balki barqaror rivojlanish, oziq-ovqat xavfsizligi va to‘g‘ri oziqlanish, shuningdek tinchlik va farovonlikning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Salmoqli yutuqlarga qaramay, dunyo bo‘ylab qishloq ayollari hanuz diskriminatsiya hamda tengsizliklarga duch kelmoqda: resurslarga kirish imkoniyatlari cheklangan, qaror qabul qilish jarayonlarida teng ishtirok to‘liq ta’minlanmagan, iqlim o‘zgarishi va iqtisodiy tebranishlar oqibatlariga esa boshqalarga nisbatan ko‘proq duch keladi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda gender tengligini ilgari surish uchun katta islohotlar amalga oshirilmoqda, jumladan, 2019 yildagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolati to‘g‘risida”gi Qonun; 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi qabul qilindi.
Qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi gender tengligini ta’minlash strategiyasi qabul qilinganligi bu sa’yi-harakatlarning yaqqol dalilidir.
FAO majburiyatlari doirasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida strategiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etishda milliy hamkorlarni qo‘llab-quvvatlaydi; bu jarayonda gender tenglikga amal qilinishiga alohida e’tibor qaratadi.

Ushbu ishlar doirasida FAO “O‘zbekistonda qishloq ho‘jaligi va qishloq hududlarini gender holatini baholashi”ni (CGA) yangiladi. Ushbu hujjat qishloq sektoridagi gender munosabatlari, rollar va tendensiyalarni qamrab olgan mukammal tahlil hisoblanadi. 2025 yil mart oyida tasdiqlangan ushbu hisobot agrar soha va qishloq hududlarida gender tengligini rivojlantirish yo‘lidagi asosiy bo‘shliqlar hamda muammolarni, shuningdek mavjud imkoniyatlarni aniq belgilab, ustuvor yo‘nalishlarga urg‘u beradi.

Davra suhbati ushbu hisobot natijalarini muhokama qilish va uning tavsiyalarini amaliy sa’y-harakatlarga aylantirishga qaratilgan.

VITI Xotin qizlar qo’mitasi raisi
v.f.f.d., katta ilmiy xodim I.Y.Sultanova

🏛VITI Axborot va matbuot xizmati.
👉https://t.me/viti_rasmiy
Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan