O’zbekistonning har bir qarich yeri oltinga tengdir, albatta shunday yerdan chiqqan har bir maysa giyohdir.
Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining Parranda, quyon, baliq va asalari kasalliklari laboratoriyasi xodimlari sintetik va kimyoviy preparatlardan ustunroq hisoblangan tabiiy yo’l orqali tayyorlanishi mumkin bo’lgan damlamalar, kukunlar tayyorlash ustida izlanishmoqda.
Oldiga qo’ygan ulkan marralarni zabt etish uchun laboratoriyaning bir guruh olimlari Bulung’urning qir adrlarida giyoh o’simliklarini yig’ish ishlarini olib borishdi, albatta ushbu o’simliklar haqida Abu Ali ibn Sino bobomizning Dorivor o’simliklar haqida keltirgan ma’lumotlaridan foydalanishmoqda.
Kelgusida ushbu tajribalar albatta ilm-fanga xizmat qiladi deb aytadi ishonch bilan v.f.fd., Ruqiya Mamaraximovna



Fikr bildirish