VITI faoliyati to‘g‘risida ma’lumot
Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti, “UNIGEN” MChJ QK va “BIOAGROVET” MChJ davlat sherikchiligi asosida, loyihalar va laboratoriyalarning ilmiy rejalari doirasida 19 ta preparat ishlanmalari va ularning me’yoriy ITXhujjatlari, jami 40 ta, shu jumladan Ishlab chiqarish reglamentlari-2 ta, Ts-19 ta, qo‘llash yo‘riqnomalar-19 ta ishlab chiqildi va 2024 yilda to‘liq joriy etildi.
Bundan tashqari 2025 yilda 16 ta yangi molekulyar tashxisi uchun PZR tuplamlari va ularning jami 32 ta me’yoriy ITX hujjatlari yaratilib qo’mita tominidan tasdiqlangan.

Qoramollar teylerioziga kultural vaksinani tajriba seriyasi Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari fermer xo‘jaliklarida qoramollarda sinovdan o‘tmoqda.
Ektoparazitlar va kanalarga qarshi mahalliy “Bioinsektitsid” biologik preparati yaratildi va tajriba seriyalari ishlab chiqarildi.
Tuberkulyozni aniqlovchi “PPD-tuberkulin” diagnostikumini tayyorlash usuliga patent olindi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Xorijiy davlatlar bilan veterinariya fani, biotexnologiyalar sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maksadida Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir bo‘limining Tyumen Federal tadqiqot markazi Federal davlat byudjeti ilmiy markazi (Tyumen SB RAS ilmiy markazi) hamda «Vektor – Best» xalqaro ishlab chiqarish aktsiyadorlik jamiyati (Novosibirsk sh.) bilan 2-ta memorandum imzolandi.

“O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida” Veterinarirya ITI ning 11 nafar yosh olimlari Yevropaning Xorvatiya davlati Zagreb shahridagi laboratoriyalarda IFT, PZR, xromatografiya, hamda laboratoriya menedjmenti bo‘yicha malakasini oshirib keldi. Bundan tashqari VITIning 8 nafar xodimi GIZ tomonidan yetkazib berilgan zamonaviy Xromatografiya va IFT analizlari uchun asbob uskunalarda xalqaro ekspertlar tomonidan o‘tkazilgan 1-xaftalik treninglarda o‘z malakasini oshirib sertifikatlar bilan taqdirlandi.
2025 yilning I-choragida 1 ta yosh olim shartnoma asosida Zagreb shahridagi Ilmiy tekshirish institutning laboratoriyalarda IFT, PZR bo‘yicha 30 kunlik kurslarda malakasini oshirmoqda.
Davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida 2 ta ilmiy-amaliy va 2 ta startap 2 ta tijoratlashtirish loyihalari muddati tugaganligiga karamasdan bajarilishi spin-of doirasida davom etmoqda.
Yosh kadrlarnitayerlash buyicha: 2024 yilda 13 ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoya qilindi vadiplomlari olindi.2025 yilning 1 chorakda 4 ta yosh olimlarimiz seminar muhokamasidan muvoffaqiyatli o‘tdi va asosiy himoyaga tavsiya etildi. Bugungi kunda institut olimlari tomonidan jami 316 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan, shundan: Scopus bazasida indekslangan jurnallarda 9 ta, xorijiy jurnallarda 58 ta, amaliyotga joriy etilgan qo‘llanma va tavsiyanomalar 26 ta, monografiyalar (o‘quv qullanma) 2 ta.
Institutda davlat sherikchilik asosida 2042,8 mlrd so‘mlik 13 turdagi veterinariya preparatlari ishlab chiqarilib Qo‘mita, Respublikamiz chorvachilik xo‘jaliklari va tashxis markazlariga joriy qilindi.