Telefon: +998 66 666-56-30

Vetirinariya Ilmiy-tadqiqot Instituti Binosi

Institut Tarixi, Buguni va Ertasi

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Markaziy Osiyodagi yirik ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

1924-yilning mart oyida Toshkentda O‘lka veterinariya-bakteriologiya laboratoriyasi tashkil etilgan va u dekabr oyida O‘rta Osiyo veterinariya-bakteriologiya laboratoriyasi deb qayta nomlangan. 1926-yilning iyun oyida mazkur tashkilot Veterinariya-bakteriologiya institutiga aylantirilgan va bu sana institutning rasmiy tashkil topgan kuni hisoblanadi.

Respublikamizda barcha turdagi chorva hayvonlari, parranda, baliq va asalarilarning, infeksion, invazion va yuqumsiz kasalliklariga qarshi kurashning ilmiy asoslangan tizimlarini yaratish va amaliyotga tadbiq etish evaziga turg‘un va sog‘lom epizootik holatni barpo etishga erishish, veterinariya sohasida yuzaga kelgan muammolarni o‘rganish, chorva hayvonlari mahsuldorligini oshirish, aholini, inson va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan zooantroponoz hamda chetdan kirib kelish xavfi bo‘lgan kasalliklardan himoya qilish kabi muhim va dolzarb masalalarda ilmiy-tadqiqotlar olib borish, veterinariya amaliyoti uchun raqobatbardosh va yuqori samarali mahalliy biologik va kimyoviy preparatlar yaratish, ularni sanoat usulida ishlab chiqarilishiga erishish orqali chetdan keltirilayotgan import preparatlar miqdorini keskin kamaytirish, institutning asosiy vazifasi hisoblanadi.  

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Tarixi

Ilmiy Yutuqlar va Kasalliklarga Qarshi Kurash

Respublikamiz veterinariya xizmatida institut olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar asosida mamlakatimiz hududida hayvonlarning o‘lat va plevropnevmoniya, otlarning infeksion plevropnevmoniya, manqa, infeksion ensefalomielit kabi chorvachilikka juda katta iqtisodiy zarar keltiradigan kasalliklarini butunlay yo‘qotishga erishildi. Hayvonlarning kuydirgi, qorason, quturish, sarg‘ayma, qo‘tir, chechak va boshqa infeksion, invazion kasalliklardan keladigan zarar kamaytirildi.  

Institut olimlari tomonidan quyidagi kasalliklarga qarshi kurashda muhim natijalarga erishildi:

  • Chorva hayvonlarining brusellyozi (M.S.Abidjonov, V.K.Grinko, R.G.Yaraev, R.A.Ismatova, M.A.Ro‘zimuradov, A.D.Ulug‘muradov).  
  • Tuberkulyozi (A.B.Li, G.V.Ni, M.T.Isoqov, G.X.Mamadullaev, M.A.Ro‘zimuradov).  
  • Quturish (N.M.Mamatov, X.S.Salimov).  
  • Teylerioz va boshqa qon-parazitar kasalliklari (Q.O.Orifjanov, P.N.Li, I.X.Rasulov, T.X.Raximov, A.G‘afurov va boshqalar).  
  • Bradzot (A.A.Volkova).  
  • Echkilar plevropnevmoniyasi (F.D.Lukashenko).  
  • Kolisalmonellyoz va pasterellyoz (I.D.Burluskiy, A.K.Siddiqov, R.U.Bulxanov, A.Abdusattarov, B.T.To‘raqulov, I.V.Ryasnyanskiy, B.A.Elmuradov va boshqalar).  
  • Parrandalar kolibakteriozi (O.Hoshimov, F.A.Niyazov, B.Axmedov) va spiroxetozi (R.A.Xodjaeva).  
  • Leykoz (X.S.Salimov, M.K.Butaev).  
  • Qorason kasalliklarini oldini olish vositalari, diagnostik preparatlar (I.Salimov).  
  • Piroplazmidozlarni davolashda diamidin, poliamidin (T.X.Raximov, A.G‘.G‘afurov).  
  • Senuroz va exinokokkoz, itlar multiseptoziga, qo’ylar senuroziga va exinokokkoziga qarshi vaksina hamda qoramollar sistiserkoziga qarshi kurash usuli (M.A.Aminjonov).  
  • Gelmintozlarga qarshi asetamizol va antigelmintli tuz aralashmalar, mahalliy vositalar asosida yangi mollyuskotsidlar (A.O.Oripov, Sh.A.Djabbarov, N.E.Yuldoshev, J.M.Isaev va boshqalar) yaratildi.  
  • Chorva hayvonlari va inson uchun xavfli gelmintozoonozlar – exinokokkoz, senuroz, sistiserkozga qarshi kurash chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi (N.M.Sodiqov, M.A.Aminjonov, Sh.M.Aminjonov) va ulardan veterinariya amaliyotida samarali foydalanilmoqda.  
  • Chorvachilikda, zooparazitoz kasalliklarga qarshi mahalliy sipermetrin, permet-10 o‘simlik piretroidlari joriy etildi (A.R.Ro‘zimurodov, S.I.Mavlanov, N.A.Azizov, F.S.Pulotov va boshq).  

Institut Faoliyatida Muhim Rol O’ynagan Olimlar

Institut faoliyati ko’plab taniqli olimlar nomi bilan bog’liq. Jumladan:  

  • Akademik E.H.Ergashev.
  • QxFA muhbir a’zosi M.A.Aminjonov
  • Fan doktorlari, professorlar: Q.O.Arifjanov, Sh.A.Azimov, N.M.Matchanov, N.X.Shevchenko, A.K.Siddiqov, N.N.Isamov, T.B.Boymuradov, A.O.Oripov, F.I.Ibodullayev, I.D.Burluskiy, T.X.Raximov, I.X.Rasulov, A.R.Ro‘zimuradov, B.S.Salimov, X.S.Salimov, U.Ya.Uzoqov, N.M.Mamatov, G‘.S.Po‘latov, A.G‘.G‘afurov, Sh.R.Ro‘ziyev, F.A.Niyazov, R.U.Bulxanov, N.X.Yeneleeva, I.V.Ryasnyanskiy, A.Abdusattarov, V.R.Xaitov.  
  • Fan nomzodlari: M.S.Obidjonov, V.T.Plotnikov, U.A.Abdullayev, N.Ya.Aliyev, P.S.Rogojin, B.T.To‘raqulov, R.G.Yaraev, R.A.Xodjaeva, R.A.Ismatova, Z.Xalikava, F.Nizamedinova va boshqalar.  

Ushbu olimlar veterinariya fanining turli sohalarida o‘z ilmiy maktablarini yaratganligi bois, institut Respublikamizda veterinariya sohasida yuqori malakali ilmiy mutaxassislar tayyorlovchi yagona va yirik institutga aylandi.  

Institut faoliyati davomidagi rahbarlar

  • G.A.Obolduyev (07.06.1926-31.12.1932).  
  • S.D.Morozov (02.01.1932-02.05.1937).  
  • K.P.Katanov (03.05.1937-31.12.1938).
  • G.V.Burkser (02.01.1939-31.12.1939).  
  • F.M.Vasyasin (03.01.1940-31.12.1941). 
  • A.M.Muserskaya (02.01.1942-31.12.1948).  
  • Q.O.Arifjanov (Professor) (03.01.1949-03.05.1965).  
  • I.H.Irgashev (Akademik) (04.05.1965-13.02.1966).  
  • Sh.A.Azimov (Professor) (14.02.1966-28.02.1979).  
  • I.X.Irgashev (Akademik) (01.03.1979-31.10.1984).
  • T.B.Boymurodov (Professor) (01.11.1984-31.12.1989).  
  • N.X.Shevchenko (Professor)v.v.b. (19901991).  
  • A.O.Oripov (Professor) (02.01.1992-12.01.1998).  
  • M.K.Butayev (Veterinariya fanlari nomzodi) (13.01.1998-04.01.2007).  
  • R.A.Ismatova (Veterinariya fanlari nomzodi) (05.01.2007-31.05.2007).
  • S.I.Mavlanov (Professor) (01.06.2007-21.04.2015).  
  • Sh.A.Djabbarov (Professor) (22.04.2015-01.07.2017).  
  • A.A.Nurullayev (Biologiya fanlari nomzodi) (07.08.2017-17.06.2019).  
  • B.A.Elmurodov (Professor) (18.06.2019-04.02.2025).  
  • X.T.Yuldoshev (Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori) (05.02.2025 yildan boshlab).  

Institutning rivojlanishiga Respublika, viloyat va tuman rahbarlari, xususan N.M.Matchanov, I.H.Irgashev, H.A.Axunov, J.S.Sayfudinov, B.R.Raximov hamda uzoq yillar ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan N.X.Shevchenkoning xizmatlari beqiyosdir.  

Institutning Bugungi Kundagi Holati

Institut tashkil etilgan vaqtda 19 kishi, shu jumladan 2 nafar ilmiy xodim ishlagan bo‘lsa, bugungi kunda institutda 16 ta laboratoriya, Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasi mavjud. Institutda jami 118 dan ziyod xodim, jumladan 46 nafar ilmiy xodim, 12 nafar fan doktori, professorlar va 34 nafar fan nomzodi, 19 nafar tayanch doktorantlar va 11 nafardan ziyod ilmiy izlanuvchilar (mustaqil tadqiqotchilar) samarali tadqiqotlar olib bormoqdalar.  

Institutning ilmiy va amaliy faoliyati mamlakatimiz mustaqillikka erishgach yanada jadallashdi. Jumladan:  

  • Bu davrda institutda 12 nafar fan doktori, 50 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlandi.  
  • Qishloq xo‘jalik hayvonlari kasalliklarini oldini olish va davolash maqsadida veterinariya amaliyoti uchun 500 dan ortiq tavsiyanoma va qo‘llanmalar ishlab chiqilib, joriy etildi.  
  • 30 turdan ortiq veterinariya biologik va kimyoterapevtik preparatlari yaratilib, sinovdan o‘tkazildi, ularning 13 tasi import o‘rnini bosuvchi preparatlardir.  
  • Institutning ishlab chiqarish sexlarida qo‘shimcha yangi 15 turdagi veterinariya preparatlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.  
  • Monoftorin preparatini ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirildi.  

Respublikamiz Prezidentining PQ-308 hamda PQ-842 sonli qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida, institutning ilmiy-tadqiqot ishlari mahalliy xom ashyo va vositalaridan foydalanib yuqori samarali raqobatbardosh biologik va kimyoviy preparat va diagnostikumlar yaratishga yo‘naltirildi. Natijada institutda ishlab chiqarilayotgan preparat va diagnostikumlar hisobiga chet ellardan preparatlar keltirish uchun sarflanayotgan valyuta hajmi kamaydi.  

Yaratilgan Preparatlar

Keyingi yillarda institut olimlari tomonidan 20 turdagi quyidagi preparatlar yaratildi va amaliyotda qo‘llashga tavsiya etildi:  

  • “Hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi suyuq faolsizlantirilgan vaksina”.  
  • “Tuberkulyoz kasalligini oldini oluvchi kimyoviy ETIS-2 preparati”.  
  • “Qo‘zilarning kolibakterioz kasalligiga qarshi vaksina”.  
  • “Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarini kolibakterioz va salmonellyoziga qarshi vaksina”.  
  • “Mayda shoxli hayvonlarni kolibakterioz, salmonellyoziga qarshi radiovaksina”.  
  • “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining pasterellyoz, kolibakterioz, salmonellyoziga qarshi polivalent radio vaksina”.  
  • “Qo‘zilar va buzoqlarning pasterellyoz, kolibakterioz, salmonellyoziga qarshi giperimmun qon zardobi”.  
  • “Qo‘ylarni pasterellyoz kasalligiga qarshi vaksina”.  
  • “Brusellyoz kasalligini aniqlovchi rangli antigen”.  
  • “Qo‘zilar diplokokkoziga qarshi vaksina”.  
  • “Hayvonlarning qorason kasalligiga qarshi vaksina”.  
  • “Yosh hayvonlarni oshqozon-ichak kasalliklariga qarshi qon gidrolizati”.  
  • “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining pasterellyoz kasalligiga qarshi GOA formol vaksina”.  
  • “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining leptospiroz kasalligiga qarshi vaksina”.  
  • “Yovvoyi hayvonlarni va itlarni og‘iz orqali quturishga qarshi emlaydigan donador vaksina”.  
  • “Qo‘y-echkilarning asosiy gelmintozlarga qarshi yangi antgelmint preparat – asetomizol va angelmitli-tuz aralashmalar”.  
  • “Fassiolyoz va boshqa xavfli tremetodoz (gelmintoz)larning oldini olishga mo‘ljallangan va mahalliy vositalar asosida yaratilgan 4 xil mollyuskotsid”.  
  • “Hayvonlar exinokokkoziga qarshi vaksina”.  
  • “Qo‘ylarni senuroz kasalligiga qarshi vaksina”.  
  • “Kemiruvchilarga qarshi monoftorin preparati”.  
  • “Natriy sitrat tuzi” suniy qochirishda spermani suyultiruvchi vosita.  

Yana 6 ta yangi preparat laboratoriya sinovidan o‘tib, chegaralangan miqdorda amaliyot sinovi o‘tkazilmoqda:  

  • Quturish kasalligini oldini oluvchi giperimmun qon zardobi.  
  • Quyonlarning pasterellyoz kasalligiga qarshi GOA formol vaksina.  
  • Parrandalarning pulloroz kasalligini aniqlovchi pullor antigeni.  
  • Brusellyoz kasalligini sutda aniqlovchi antigen.  
  • Fassiolezga qarshi yangi antgelmint preparat – xinozolon-4-on va uning gidroxloridli birikmasi.  
  • Respublikamiz kimyo sanoati korxonalarida ishlab chiqaradigan mineral o‘g‘itlar asosida mollyuskosid vositalar.  
  • Gossipren hamda mikroelementlardan iborat ozuqaviy stimulyatorlar.  
  • Hayvonlarning bepushtligini oldini oluvchi korbakaz preparati.  

Ishlab Chiqarish va Amaliyotga Tadbiq Etish

Institutning xo‘jalik hisobidagi ishlab chiqarish bo‘limi ilmiy-tadqiqot yutuqlarini amaliyotga tadbiq etish, veterinariya biopreparatlari va diagnostikumlari ishlab chiqarish, laboratoriyalarni tajriba hayvonlari bilan ta’minlash, mikroorganizmlarni o‘stirish uchun sun’iy oziqa muhitlari tayyorlash bilan shug‘ullanadi.  

Institutda quyidagi 15 turdagi veterinariya preparatlari va diagnostikumlar ishlab chiqarilib, Respublika chorvachilik xo‘jaliklariga yetkazilib berilayapti:  

  • Hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi suyuq faolsizlantirilgan vaksina.  
  • Qora hayvonlarning qorason kasalligiga qarshi GOA formal vaksina.  
  • Tuberkulyoz kasalligini oldini oluvchi kimyoviy ETIS-2 preparati.  
  • Qo‘zilarning kolibakterioz kasalligiga qarshi vaksina.  
  • Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalari kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga qarshi vaksina.  
  • Mayda shoxli hayvonlar kolibakterioz, salmonellyoz kasalliklariga qarshi radiovaksina.  
  • Qishloq xo‘jalik hayvonlarining pasterellyoz, kolibakterioz, salmonellyoz kasalliklariga qarshi polivalent radio vaksina.  
  • Qo‘zilar va buzoqlarning pasterellyoz, kolibakterioz, salmonellyoz kasalliklariga qarshi giperimmun qon zardobi.  
  • Qo‘ylarni pasterellyoz kasalligiga qarshi vaksina.  
  • Brusellyoz kasalligini aniqlovchi rangli va yagona antigenlar.  
  • Qo‘ylarni tsenuroz kasalligiga qarshi vaksina.  
  • Kemiruvchilarga qarshi monoftorin preparati.  
  • Kemiruvchilarga qarshi donli xo‘rak.  
  • Natriy sitrat tuzi.  

Ushbu preparatlar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi va viloyatlar veterinariya boshqarmalari tomonidan Respublikaning barcha fermer va shaxsiy xo‘jaliklarda yuqori samara bilan qo‘llanilmoqda.  

Institut olimlari muntazam ravishda Respublikadagi chorvachilik va qorako‘lchilik xo‘jaliklarida chorva qishlovini betalofat o‘tkazish, hayvonlarning o‘ta xavfli va parazitar kasalliklarining oldini olish, chorva hayvonlarini sun’iy qochirish, zoovetpunktlarni jihozlash muammolari bo‘yicha o‘quv seminarlari o‘tkazib kelishmoqda.  

Ilmiy Nashrlar va Targ’ibot

  • Ilmiy kashfiyotlarga 50 dan ziyod patent olindi.  
  • 40 ta ilmiy to‘plam nashr etilgan.  
  • 15 mingdan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.  
  • 500 dan ortiq tavsiyanomalar, yo‘riqnoma, qo‘llanmalar ishlab chiqilgan.  
  • 50 dan ziyod monografiya nashr etilgan.  
  • Respublika va viloyatlar radio-televideniyalari orqali davra suhbatlar va chiqishlar o‘tkaziladi.  
  • 4 ta ilmiy ommabop kinofilm suratga olingan.  
  • 100 dan ortiq Xalqaro va Respublika miqyosida ilmiy konferensiyalar o‘tkazilgan.  

Institut qoshida 1965 yilda tashkil qilingan tajriba-ishlab chiqarish xo‘jaligi va uning viloyatlardagi bo‘limlari tomonidan Respublikamiz va qo’shni respublikalarda veterinariya-sanitariya chora-tadbirlari amalga oshirilib, chorvachilik xo‘jaliklarida epizootik holatning yaxshilanishiga erishildi.  

Hamkorlik

Institut o‘z faoliyatini Respublika va xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda olib boradi. Hamkorlar qatoriga Xalqaro Epizootik Byuro, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston ilmiy-tadqiqot institutlari, O‘zbekiston milliy universiteti, Fanlar Akademiyasi institutlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi institutlari, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti va boshqa ko’plab ilmiy dargohlar kiradi.  

Xalqaro hamkorlik Germaniya, Xorvatiya, Rossiya, Turkiya, Yaponiya, AQSh, Janubiy Koreya, Belorussiya va boshqa MDH davlatlari olimlari bilan faol fikr almashinuvi orqali kengaymoqda. 2023 yilda 2 nafar ilmiy xodim Turkiya Respublikasida, 2024 yilda 20 nafarga yaqin ilmiy xodim Germaniyaning GIZ dasturi asosida Xorvatiyada malaka oshirib keldi.  

Kelajakdagi Maqsadlar

Bugungi kunda institut olimlari oldida quyidagi muhim muammolarni yechish maqsad qilib qo‘yilgan:  

  • Hujayra biotexnologiyasi yutuqlari negizida yuqori samarador biologik va kimyoviy preparatlarni yaratish bo‘yicha fundamental tadqiqotlar olib borish.  
  • Yangi, yuqori samarali, import o‘rnini bosuvchi veterinariya preparatlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, 2030 yilga borib institut bazasida ishlab chiqarilayotgan veterinariya preparatlari turini 50 taga yetkazish.  
  • Virusologiya, immunologiya, biotexnologiya yo‘nalishidagi tadqiqotlarni kengaytirish va raqobatbardosh, eksportbop veterinariya preparatlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.  
  • Hujayra kulturasi ustida ilmiy-nazariy tadqiqot ishlarini olib borib, kultural virus vaksinalar va diagnostikumlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.  
  • Sohada erishilgan ilm-fan yutuqlari va ilmiy ishlanmalarni barcha viloyatlardagi chorvachilik xo‘jaliklariga joriy etish va fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikni ta’minlash.  

Institut jamoasi o‘zining 100 yillik yubileyini ijodiy faoliyati taraqqiy etgan bir vaqtda ko‘tarinki ruhda, mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan hamnafas kutib olmoqda. Institut olimlari mamlakatimiz chorvachiligini yanada rivojlantirish va aholini sifatli chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashda o‘zlarining ilmiy yechimlari bilan munosib hissa qo‘shishga astoydil kirishgan.