2025-yil 17-21 noyabr kunlari «Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti» nodavlat taʼlim muassasasida boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitalari raislarining malakasini oshirish boʻyicha bir haftalik oʻquv kurslari tashkil etildi.

Ushbu oʻquv kursiga Oʻzbekiston ASM xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2025-yil 5 noyabrdagi xatiga asosan Samarqand viloyatidan ikki nafar rais qatnashmoqda.

Bugungi oʻquv kursida dastlab ushbu institutning kechagi va bugungi kun holati hamda kelajakdagi rejalari haqida maʼlumot berildi. Maʼlumot uchun institut 1975-yilda markaz sifatida tashkil etilgan hamda bugungi kunda Malaka oshirish instituti sifatida faoliyat olib bormoqda.

Shundan soʻng Kasaba uyushmasi xodimlarning yuridik hamda ijtimoiy siyosiy bilimlarni oshirish boʻyicha maʼruzalar tinglandi.

Kun yakunida institut rektori professor Irkin Umarxonov bilan tanishuv jarayoni boʻlib oʻtdi hamda rektor tashkilotning asosiy maqsad vazifalari haqida maʼruza qilib oʻtdi.

Fikr bildirish