Telefon: +998 66 666-56-30

Kengash qoshidagi ilmiy seminar muhokamasi bo’lib o’tdi

2025-yil 5-iyun kuni soat 10:00 da Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.06/29.10.2021.V.139.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Ushbu yig’ilishning kun tartibidagi masala  Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali mustaqil izlanuvchisi:
Xo‘jaxonov Shoxruzxon Idrisxo‘ja o‘g‘lining 16.00.03 – “Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha “Farg‘ona viloyati parrandachilik xo‘jaliklarida tovuq kolibakteriozining epizootologiyasi va oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish” mavzusidagi veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi tinglandi.

Tadqiqotchi tomonidan juda qiziqarli ma’ruzadan so’ng, qizg’in savol javoblar bo’lib o’tdi va natijada Ilmiy seminar kengashining xulosasiga ko‘ra Xo‘jaxonov Shoxruzxon Idrisxo‘ja o‘g‘li keyingi himoyaga yo’llanmani qo’lga kiritdi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan