Telefon: +998 66 666-56-30

ARAXNOENTOMOLOGIYA VA AKAROLOGIYA LABORATORIYASI

Laboratoriya 1961 yilda tashkil qilingan bo‘lib, patogen zooparazitlar evolyusion (populyatsion) ekologiyasini, faunasini xavfli hasharot va kanalar qo‘zg‘atadigan parazitoz, entomoz va akaroz kasalliklar epizootologiyasini, qishloq xo‘jalik hayvonlarini ulardan profilaktika qilish va davolash, odamlarni havfli transmissiv va tabiiy o‘choqli kasalliklardan muhofaza qilish vosita va usullarini tadqiq va joriy qilish ishlari bilan shug‘ullanib keladi.        

Ilk bora laboratoriya tadqiqotlari qoramollar gipodermatozini, qo‘ylarning estroz, otlarning gastrofilyoz   kasalliklarini, oribatid va iksod kanalari ekologiyasini o‘rganishga qaratilgan edi (A.P.Soldatova, U.Ya.Uzakov, N.X.Yenileeva, S.A.Nazarova, A.Ishmuradov, S.Sh.Faxrutdinova, S.Babaeva, O.Davidov, G.Kashenko va bsh.).

Laboratoriya mudiri, PULOTOV F.S. v.f.f.d., katta ilmiy xodim

1967 yildan boshlab ilmiy tadqiqotlar Maxsus Davlat Qarori (VK, SM, №993, 31.10.1967 y.) asosida (A. Ro‘zimurodov rahbarligida) “Aholini va qishloq xo‘jalik hayvonlarini gnus va boshqa xavfli hasharot va kanalardan muhofaza qilish” ishlariga yo‘naltirildi. Natijada, O‘zbekistonning barcha iqtisodiy-geografik hududlarida (cho‘l-yaylov, sug‘oriladigan, tog‘oldi va tog‘ ekologik statsiyalarida) joylashgan birlamchi va ikkilamchi  biotsenozlarda tarqalgan xavfli patogen zooparazitlar (artropodalar) faunasi, fenologiyasi, ekologiyasi, dominant turlar biologiyasi, iqtisodiy zarari, patogenligi, muhim parazitar kasalliklar nozologiyasi, epizootologiyasi, patogenezi o‘rganildi. Ularga qarshi kurashning kimyoviy, biologik, integratsiya usullari ishlab chiqildi hamda respublika va sobiq Ittifoq miqyosida joriy qilindi. Tadqiq qilingan ilmiy еchimlarning aksariyati sobiq Ittifoq va O‘zbekiston veterinariyasi qonunchiliklarida, me’yoriy hujjatlarda, Qishloq xo‘jaligining joriy ishlar borasidagi to‘plamlarida, matbuotda aks ettirildi.

A.Ro’zimurodov, v.f.d., professor, laboratoriya asoschisi,1967-2021 yy

Amaliy tadqiqotlar natijalari respublikamiz chorvachiligini rivojlantirishda, uning zamonaviy tizimlarini yanada optimallashtirishda foydali bo‘ldi. Chorvachilikning iqtisodiy rentabelligi ko‘tarildi. Ayniqsa, transmissiv va tabiiy o‘choqli kasalliklardan odam va hayvonlarni  muhofaza qilishning yangi, bezarar

fitobiologik, mikrobiologik, entomobiologik usullarini nazariy-amaliy еchimlarini ishlab chiqarilishi va joriy qilinishi jiddiy e’tiborga molik yutuqlar bo‘ldi. Natijada Veterinariya Instituti (Ittifoq) Mehnat Qizil Bayroq ordeni, araxnoentomologiya laboratoriyasi xodimlari esa FTDQ va VSSPS mukofoti, bir necha tadqiqotchilar orden va medallar, yorliqlar bilan taqdirlandi.

Fundamental parazitologik tadqiqotlar asosida fanga parazitizm tiplarining “oziqa turiga”, “xo‘jayin turiga” bog‘liq yangi klassifikatsiyalari tavsiya etildi. Parazit-xo‘jayin, parazit-o‘lja bog‘lamida (tugunida) yangicha parazitlik munosabat “jinsiy tanlab parazitlik qilish” tipi (liperoziy) aniqlandi va parazitizm tizilmasida qayd etildi. Parazitoz kasalliklarning epizootologik, nozologik klassifikatsiyalari, zooparazitlarning ekostatsial tizimlari, parazit-entomofaglar va yirtqich-entomofaglar klassifikatsiyalari, parazitar kasalliklarga yangi nozologik nomlar, “zoobiotsenoz”, “gidrobiotsenoz”, “ekotop”, “zoobioxilmaxillik”, “ekologik go‘sha” kabi yangi atamalar ishlab chiqildi va tavsiya etildi.

MDH mamlakatlarida birinchi bo‘lib chorvachilikda zooparazitlar va parazitoz kasalliklarga qarshi kurashning ekologiyaga, inson va hayvonlar organizmiga bezarar bo‘lgan “biologik usul”ining ilmiy-nazariy asoslari ishlab chiqildi. Chorvachilikda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan foydali entomofaglar, sumi-alfa va o‘ndan oshiq o‘simlik piretroidlari (sipermetrin, permetrin, sumi-alfa va boshqa preparatlar) hamda mahalliy entomopatogen bakteriya O‘zVITI M №1 shtammini qo‘llanilishi haqida 1 patent, 10 dan ortiq sertifikat va mualliflik guvohnomalari olingan:

Laboratoriyaning ilmiy-amaliy tadqiqotlari asosan chorvachilikni (zoobiotsenozlarni, ikkilamchi biotsenozlarni) bioekologik optimallashtirishga qaratilgan.

Jumladan, samaralilik va bezararlik borasida mahalliy sipermetrin, permetrin-10, sumi- alfa o‘simlik piretroidlari parazitoz va transmissiv kasalliklarning Vector tarqatuvchilariga qarshi kurashda foydalanilmoqda.

Laboratoriya xodimlari O‘zbekiston hududida keng tarqalgan yuzlab patogen turlarga mansub ekto- va endoparazitlar populyatsiyalari ekologiyasini, fenologiyasini, metamorfozasini, patogenligini, iqtisodiy zararini aniqlagan. Keng tarqalgan entomoz va akaroz kasalliklarning epizootologiyasini o‘rgangan, ularning nozologik, parazitologik, epizootologik, ekologik, patogenlik, biotsenotik klassifikatsiyalarini ishlab chiqqan va tavsiya etgan.

Laboratoriya xodimlari tomonidan biologiya fani zoobiotsenoz, gidrobiotsenoz (biogidrotsenoz)ta’limotlari (atamalari) bilanboyitilgan. Ma’lumotlar halqaro Vikipediya ensiklopediyasida registratsiya qilingan (World Wide Web).

Veterinariya ekologiyasi faniga yangi “ekotop”  atamasini tavsiya etgan. Parazitologiya fani yangi nozologik atamalar (bionozlar) klassiifikatsiyasi bilan boyitilgan.

O‘zbekistonda veterinariya parazitologiyasi (ekologiya, biotsenologiya, entomologiya, akarologiya, dezinsektologiya, biousul va boshqa) ilmiy maktabi yaratildi (A.Ro‘zimurodov, O‘.Uzoqov, E.Badalov, N.X.Yenileeva, N.Azizov, D.Vohidova, A. Fayzildinov, Z.Mardiev, R.Jumashov, E.Qushchanov, M.Xolboev, X.Xalilov, S.Mavlonov va bsh.). Ilmiy maktab tomonidan 2 mingdan oshiq ilmiy asar, kitob va to‘plamlar, tavsiyanoma va yo‘riqnomalar, 10 ta monografiya chop etildi. 20 dan oshiq fan nomzodi, 4 fan doktori, 2 professor, 2 kishi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvoni bilan taqdirlandi. 30 dan oshiq nomzod, 20 dan ortiq doktorlik dissertatsiyalariga, yuzlab ilmiy asar va maqolalarga tahrirchilik, opponentlik qilindi.

LABORATORIYANING MUHIM MONOGRAFIYALARI:

  1. Иксодовые клещи Узбекистана,  “Fan”, 1972 g,  (U.Ya. Uzakov).
  2. Борба с комарами-переносчиками возбудителей болезней человека и животных. Izd. «Mexnat», 1986 g. (E.Kerbabaev, A. Ro‘zimurodov).
  3. Ентомофаги зоофилных мух Узбекистана. Izd. «Fan», 1987 g, (A. Ro‘zimurodov, N.Azizov).

4. Evolyusiya qonuniyatlari va zoobioxilmaxillik. “Zarafshon nashriyoti” DK. Samarqand, 2008 y, (A. Ro‘zimurodov).

5. Mahalliy sipermetrinning parazitoz va tabiiy o‘choqli kasalliklarga qarshi kurashda qo‘llanilishi. “Zarafshon nashriyoti” DK. Samarqand, 2010 y., (A. Ro‘zimurodov, F.Pulotov va bsh.).

6. Паразитизим биологический. Оптимизатсия животноводства. GP“Zarafshon”, g. Samarkand, 2011 g., (A. Ruzimurodov).

7. Piretroidlar. Tabiiy o‘choqli va transmissiv kasalliklar muhofazasi. “Zarafshon nashriyoti” DK. Samarqand, 2017, 2018 yy., (A. Ro‘zimurodov, F.Pulotov va bsh.).

LABORATORIYA XODIMLARINING ILMIY-AMALIY TAVSIYALARIDAN:

– respublikamiz aholisini chorva hayvonlarining o‘ta xavfli transmissiv (kana va hasharotlar orqali tarqaladigan) hamda tabiiy o‘choqli (o‘lat, gemorragik isitma, tulyaremiya, kana ensefaliti, kana qaytalovchi tifi, bezgak, leyshmanioz, tripanosomoz, brusellyoz, tuberkulyoz kabi ko‘plab) kasalliklariga qarshi kurashda;

–  chorvachilikni modernizatsiya qilish amaliyotida;

– Respublika sanitariya- epidemiologik, epizootik holatini muhofaza qilishda;

– xorijdan keltirilayotgan naslli mollarni xavfli kasalliklardan muhofaza qilishda samarali foydalanish mumkin.

Hozirgi kunda laboratoriya xodimlari chorva hayvonlarini og‘ir parazitar (entomoz, akaroz) kasalliklardan davolash, xavfli transmissiv kasalliklarni tarqatuvchi omillardan muxofaza qilishning fitobiotik vosita va usullari bo‘yicha hamda chorvachilikning biologik va ekologik optimizatsiya, modernizatsiya qilish kabi muammolari borasidagi tadqiqotlarini davom etdirmoqda, molekulyar biologiya metodologiyasini, veterinariya genetikasini o‘zlashtirmoqda. Amaliyotda mahalliylashtirilgan sipermetrin, sumi-alfa va permet fitoasosli piretroidlar qo‘llanilmoqda.

Jumladan, fermer xo‘jaliklarga o‘ta xavfli transmissiv va tabiiy o‘choqli (o‘lat, O‘rta Osiyo (Qrim) gemorragik isitmasi, tulyaremiya, ensefalit, tripanosomoz va bsh. kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi va Vector tarqatuvchilari migratsiyasini nazorat, prognoz va profilaktika qilishning ekologiyaga bezarar yangi chora-tadbirlarini tadqiq va tadbiq qilish ishlari bilan shug‘ullanib kelmoqda. Kelgusida, veterinariya genetikasi borasida tadqiqot ishlarini olib borish rejalashtirilmoqda.

Laboratoriyada 4 kishi (D.Vaxidova, F.Pulotov, M.Rahimov, A.Ismoilov) doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda, 2 ta PhD dissertatsiya ishi (D.Abdullaeva va D.Boltaev) himoyaga tayyor etilgan.

LABORATORIYADA TAYYORLANGAN KADRLAR:

  1. O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi    – 2

2. Fan doktori                                                         – 4

3. Professor                                                           – 3

4. Fan nomzodlari                                                  – 33

NASHR ETILGAN ILMIY ISHLAR:

  1. Monografiyalar                                                 – 10
  2. Plakatlar                                                           – 30
  3. Risola, tavsiyanoma va yo‘riqnomalar            – 32
  4. Ilmiy maqolalar                                                 – 2000 dan ortiq.

HAMKORLIKDA ISHLANMOQDA:

  1. “BION-NOVO” kompaniyasi (Rossiya, Moskva)
  2. Rossiya FA Tyumen ilmiy markaziga qarashli Entomologiya va akarologiya instituti (VNIIVEA – filial TyumNS SO RAN)
  3. Vitebsk Davlat  veterinariya akademiyasi (Belarussiya)
  4. O’zbekiston Respublikasi FA Zoologiya instituti
  5. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
  6. SamDVMCHBU Nukus filiali

Hozirgi kunda laboratoriya mudiri F.S.Pulotov rahbarligida chorva hayvonlarini og‘ir parazitar (entomoz, akaroz) kasalliklardan davolash, xavfli transmissiv kasalliklarni tarqatuvchi omillardan muhofaza qilishning fitobiotik vosita va usullari bo‘yicha hamda chorvachilikning biologik va ekologik optimizatsiya, modernizatsiya qilish kabi muammolari borasidagi tadqiqotlarini davom ettirmoqda, molekulyar biologiya metodologiyasini, veterinariya genetikasini o‘zlashtirmoqda. Amaliyotda mahalliylashtirilgan Sipermetrin, Permet, Sumi-alfa, Alpha-shakti va Cypra kabi fitoasosli piretroidlar qo‘llanilib kelinmoqda.

Laboratoriya ilmiy xodimlari tomonidan “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining parazitar va transmissiv kasalliklar tarqatuvchilari (Artropoda) ga qarshi “Bioinsektitsid” preparatini ishlab chiqarish va joriy etish” innovatsion loyihasi doirasida Ilk marotaba mahalliy biologik “Bioinsektitsid” preparati ishlab chiqilib joriy etildi, ya’ni respublikamizda keng tarqalgan parazitlar va parazitozlarga, hamda odamlar va hayvonlarning xavfli transmissiv kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini tarqatuvchi artropodalar (qon so‘ruvchi hasharot va kanalar) ga qarshi kurashning ekologiyaga, odamlar va hayvonlar sog‘lig‘iga, foydali fauna va floraga xavfsiz bo‘lgan usul va vositalari ishlab chiqildi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining parazitar va transmissiv kasalliklarga qarshi kurashga, oldini olishga, chorva mollarini sog‘lomlashtirishga erishildi hamda “Bioinsektitsid” preparatining ishlab chiqarish parametrlari, texnologik reglamenti, tashkilot standarti va qo‘llash yo‘riqnomasi ishlab chiqildi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Natijada, qishloq xo‘jalik hayvonlarining parazitar va transmissiv kasallik tarqatuvchilari (Artropoda) ga qarshi mahalliy “Bioinsektitsid” preparati ishlab chiqarilib zamonaviy «Biometod» usuli amaliyotga joriy etildi.

Hayvonlarning zooparazilariga qarshi “Bioinsektisid” preparati

LABORATORIYA XODIMLARINING ISH JARAYONLARI: