Radiobiologiya laboratoriyasi 1958 yilda veterinariya fanlari nomzodi N.N.Isomov rahbarligida tashkil etilgan. U kishi 1971 yilda doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgandan so‘ng “Mikrobiologiyada radioizotop indikatorlari” mavzusida monografiya chop etgan.
N.N.Isomov O‘zbekiston veterinariya amaliyotida radibiologik xizmatni targ‘ib etgan birinchi olimlardan hisoblanadi. U kishi rahbarligida laboratoriyada 7 ta fan nomzodlari (V.G. Zotov, E.U. Umerov, V.M. Bogdanov, Sh.Jo‘rayev va boshq.) va 3 nafar fan doktorlari (M. B. Kamolov, R. U.Bulxanov, I. V. Ryasnyanskiy) tayyorlangan.
1978 yildan keyin professor N.N.Isomov o‘zi tashkil etgan radiobiologiya laboratoriyasining ilmiy maslahatchisi bo‘lib qoladi. Laboratoriyaga 1978 yildan to 1991 yilgacha biologiya fanlari nomzodi M. B. Kamolov mudirlik qiladi. 1991 yil laboratoriyaga veterinariya fanlari nomzodi R. U.Bulxanov mudirlik qildi. U kishi 1993 yilda doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib biologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. R.U. Bulxanov rahbarligi ostida yosh qo‘zi, buzoq va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz, salmonellyoz va pasterellyoz kasalliklariga qarshi polivalent radiovaksina yaratilgan va amaliyotga joriy qilingan.
2006-2018 yildan laboratoriyaga biologiya fanlari doktori I.V.Ryasnyanskiy mudirlik qilgan. Laboratoriya xodimlari yosh hayvonlarning kolibakterioz, salmonellyoz va pasterellyoz kasalliklariga qarshi polivalent radiovaksinani takomillashtirib veterinariya amaliyotiga tadbiq etilgan.

Biologiya fanlari doktori I.V.Ryasnyanskiy laboratoriya xodimlari bilan birga
2019-2024 yilarda laboratoriya mudiri lavozimida B.Sh.Mirzayev faoliyat ko‘rsatgan. Xozirgi kunda laboratoriya mudiri lavozimida veterinariya fanlari nomzodi B.N.Xakimov rahbarlik qilib kelmoqda. Laboratoriyada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar soni uch kishidan iborat bo‘lib bitta kichik ilmiy xodim, bitta laborant. Laboratoriya xodimlari Respublikamizning xo‘jaliklarida radiomonitoring ishlarini olib bormoqdalar shuning bilan birgalikda radiatsion biotexnologiyadan foydalanib chorvachilik fermer xo‘jaliklariga ayrim infeksion yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalarni yaratish ilmiy ishlarini olib bormoqdalar.
Laboratoriya xodimlari tomonidan 500 dan ziyod ilmiy maqolalar 9 ta mualliflik guvohnomalari va 5 ta ixtirolikga patent olingan.






