Telefon: +998 66 666-56-30

GELMINTOZOONOZ LABORATORIYASI

Respublika hududida hayvonlar orasida exinokokkoz, syenuroz, sistiserkoz kabi kasalliklar keng tarqalganligini hisobga olib 1966-yilda O‘zbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot institutida “maxsus zoonoz kasalliklarni o‘rganuvchi” laboratoriya tashkil etiladi.

Laboratoriya mudiri lavozimida dastlab biologiya fanlari nomzodi V.M.Sodiqov ishlagan.
1971 yilda laboratoriya nomi “Antropozoonoz” nomiga almashtiriladi va unga veterinariya fanlari nomzodi A.O.Oripov rahbarlik qiladi.

1979 yilga kelib laboratoriyaga “Gelmintozoonoz” nomi beriladi va unga veterinariya fanlar doktori M.A.Aminjonov rahbar etib tayinlandi.

O’zbekiston Qishloq xo’jalik fanlar akademiyasi muhbir a’zosi M.Aminjonov ish jarayonida


2021 yilda esa laboratoriyaga “Gelmintozoonoz kasalliklarni o‘rganish” nomi berildi, ushbu kundan boshlab veterinariya fanlari doktori Sh.M.Aminjonov rahbarlik qilib kelmoqda.


Laboratoriyada ilmiy xodimlardan V.Baratov, R.Bekirov, M.Aminjonov, R.Yarayev, U.Haydarov, V.Alimova, X.Nasimov, S.Parmanova, B.Murtazin, E.Lumidze, M.Musinov, P.Haqberdiyev, A.Narziqulov, F.Ibragimov, B.Hakimov, T.Gʻaznakulov, X.Arziyev, Sh.Aminjonov va boshqalar ishlagan va ayrimlari hozirda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Laboratoriya tashkil etilgandan uning xodimlari ilmiy tadqiqot ishlarini zoonoz kasalliklarning epizootologiyasi, qo‘zg‘atuvchilarning biologiyasi, immuniteti, tashhis qo‘yish, davolash va qarshi kurash chora-tadbirlarini o‘rganishga bag‘ishladilar.
1949-1958 yillarda olib borilgan izlanishlarni asl mohiyati exinokokkoz va syenuroz kasalliklariga qarshi kurash tadbirlar ma’lum xo‘jaliklar misolida amalga oshirildi. Masalan, F.Sarimsokovning, “Nishon”, E.Irgashevning “Qarnab”, Sh.Azimovning “Xovost” jamoa xo‘jaliklarida olib borilgan tadbirlari misol bo‘la oladi.
1958-1961 yillarda exinokokkoz va syenuroz kasalliklariga qarshi kurashish aholi xo‘jaliklarida olib borilmasdan tuman va katta massiv xududlarida olib borildi. Jumladan, N.Matchonovni “Keless” massiviga olib borilgan tadbirlari hisoblash mumkin. Tajribalar natijasida exinokokkoz va syenuroz kasalliklarga qarshi kurashish nomlangan massivlarga samara berganligi isbotlandi.
1963-1966 yillarda olib borilgan tadqiqotlarni farqi shundakim exinokokkoz va syenuroz kasalliklari bilan kurashish ommaviy tus oldi. Kurash tadbirlarini o‘tkazishda veterinariya mutaxasislaridan tashqari shahar va qishloqda yashovchi aholi vakilari ham jalb etildi. Fan tomonidan ishlab chiqilgan tadbirlar tug‘ri joriy etilganda to‘liq viloyatlar va yirik chorvachilik mintaqalarida syenuroz kasalligi yo‘qotilishini va exinokokkoz kasalligi nihoyatda kamaytirilishi mumkinligi tasdiqlandi. Jumladan, Buxoro viloyatida qo‘ylar orasida syenuroz kasalligi 1961 yilda 9,8 foizdan, 1966 yilda 0,13 foizga kamaydi, hamda shu yili ushbu viloyatda qo‘ylar orasida kasallik batamom tugatildi.
1968 yilda boshlangan tadqiqotlar shundakim exinokokkoz va syenuroz kasalliklari bilan kurashish Respublika bo‘ylab olib borildi va katta natijalarga erishildi. Tadbirlarni o‘tkazishga tuman, viloyat, Respublika rahbariyati qatnashdi va chorvachilik xususiyatlari, odamlar madaniyati uslub odatlari va boshqa sabablar hisobga olindi.
Exinokokkoz va syenuroz kasalliklaridan 1970-1978 yillarda qarshi kurashishda yangi omillardan chaqiruvchilarini issiq iqlim sharoiti hisobga olingan holatda foydalanildi. Jumladan, fanda birinchi bo‘lib itlarni ichagida exinokokklar yilning fasllariga katta farq bilan taraqqiy etilishi kuzatildi. Parazitni to‘liq rivojlanishi eng qisqa muddati yozda bo‘lib 31 kunda va eng uzoq muddati qishda 83 kunga teng bo‘lganligi aniqlandi. Yangi dalil kasallikka qarshi kurashish usulini bir muncha o‘zgartirishga olib keldi (M.Aminjonov 1978 y.).
1978 yildan boshlab, o‘tgan yillardan olingan natijalarga asoslanib itlarning gijjasizlantirishning yangi usul va jadvali o‘rganildi va ishlab chiqarishga tavsiya etildi. Yangi jadvalga ko‘ra itlar yilda 4 marta vodorod bromidli arekolin preparati va 4 marta ozuqa granulalari bilan gijjasizlantirildi. Vodorod bromidli arekolin bilan gijjasizlantirish orasida ozuqa granulalari har 45 kunda berildi (M.Aminjonov 1984 y.).
Laboratoriya sharoitida olib borilgan ilmiy ishlar hisobga olinib 1980 yilda BMT dasturiga ko‘ra exinokokkoz kasalligi bo‘yicha dunyo veterinariya va tibbiyot xodimlarini siminar–simpoziumi o‘tkazildi. 1990 yilga kelib veterinariya fani va amaliyoti uchun yangi “qo‘ylarning syenuroz kasalligiga qarshi” vaksina yaratildi (M.Aminjonov 1990 y.).
Yaratilgan vaksina O‘zbekiston Republikasidan tashqari Turkmaniston va Tojikiston Respublikalarida ham qo‘llanildi.
1997 yilda laboratoriya xodimlari tomonidan yirik shoxli hayvonlarda sistiserkoz kasalligini davolash usuli ishlab chiqilgan va zararlangan qoramollarning go‘shtini zararsizlantirishni yangi, oson va tejamli usuli ham yaratildi (M.Aminjonov 1997 y.).
2000 yilda esa laboratoriya xodimlarining kashfiyotlaridan “qishloq xo‘jalik hayvonlari va itlarning exinokokkoz kasalligini oldini olish uchun vaksina” ning yaratilishi hisoblanadi (M.Aminjonov 2000 y.).
2009 yilga kelib zoonoz kasalliklarni tarqatuvchisi hisoblangan itlar syestodozlariga qarshi “itlardagi multiseptoz kasalligini profilaktikasi uchun vaksina” yaratildi (Sh.Aminjonov 2009 y.).
Vaksinalar inaktivlangan bo‘lib, ekologik nuqtai nazardan toza hisoblanadi.
O‘tgan yillar davomida laboratoriya xodimlaridan 4 kishi veterinariya fanlar doktori va 20 kishi veterinariya fanlar nomzodi bo‘ldi.
Laboratoriyada ishlagan ilmiy xodimlar faoliyati davomida 4-monografiya, 880-ilmiy maqola, 90-tavsiyanoma va 7 ta ixtiro ishlab chiqarildi. Ilmiy xodimlar dunyoni 12 davlatida bo‘lgan simpozium, ilmiy anjumanlarda chiqishlari bilan qatnashdilar. Exinokokkoz, syenuroz va sistiserkoz kasalliklariga qarshi ishchi dasturlar O‘zbekiston Respublika veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan va ishlab chiqarishga ruxsat berilgan.