Telefon: +998 66 666-56-30

Asalari oilasi qishlovdan omon chiqdi

PARRANDA, QUYON, BALIQ VA ASALARI KASALLIKLARI LABORATORIYASI

Bugungi globallashuv davrida aholini go‘sht va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishda, jussasi kichik ammo hissasi katta chorvachilik hayvonlari umumiy bosh sonini, mahsuldorlik darajasini oshirish muhim o‘rin tutadi. Albatta, ularni kasalliklardan profilaktika qilish, mavjud patologiyalarni davolash tadbirlari ham dolzarb hisoblanib, ushbu sohada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti “Parranda, quyon, baliq va asalari kasalliklarini o‘rganish” laboratoriyasi dastlab 1982-yilda Samarqand viloyatining Jomboy tumanida professor U.Ya.Uzoqov rahbarligida Butunittifoq veterinariya entomologiyasi va araxnologiyasi ilmiy tadqiqot institutining O‘rta Osiyo zararli bo‘g‘imoyoqlilariga qarshi kurash laboratoriyasi tarkibida tashkil etilgan.

1991-yilda laboratoriya O‘zbekiston veterinariya sanitariyasi va akarologiyasi ilmiy tadqiqot institutiga aylantirilgan va institutda professor U.Ya.Uzoqov, veterinariya fanlari nomzodlari O.S.Davidov, A.Karimov, B.Rustamov, S.Babayeva, B.Rasulov, M.Ibragimov, biologiya fanlari nomzodlari L.V.Ionis, S.G.Jalilova, T.S.Bespalova, S.V.Sitchixina va boshqalar faoliyat olib borganlar. 

2003-yilda institut O‘zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot institutiga birlashtirilib, “Akarologiya va asalari kasalliklarini o‘rganish” laboratoriyasi sifatida faoliyat olib borgan. Respublikada 2009-2011 yillarda Asalarichilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora tadbirlar Davlat Dasturi (03/1-348 sonli 03.03.2009 y.) ishlab chiqildi, dasturda asalari oilalarini 152% ga oshirish rejalashtiriladi va amalda bajariladi.

2014-yilda “Parranda kasalliklarini o‘rganish” laboratoriyasi hamda “Akarologiya va asalari kasalliklari” laboratoriyalari qo‘shilib, “Parranda va asalari kasalliklarini o‘rganish” laboratoriyasi tashkil etiladi. 2016-2017 yillar davomida ushbu laboratoriyaga veterinariya fanlari nomzodi Vohidjon Duskulov rahbarlik qiladi.

2021-2022 yillarda Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyalari yangi tuzilmasiga binoan “Baliq va quyon kasalliklarini o‘rganish” laboratoiyasi tashkil etiladi hamda ushbu laboratoriyada R.M.Uraqova bo‘lim mudirasi sifatida faoliyat olib borgan. Shu bilan bir qatorda “Parranda va asalari kasalliklarini o‘rganish” laboratoriyasi tashkil etilib, M.Rahimov laboratoriya mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

2022-yil 11 -fevraldagi PQ 67-sonli Prezidentning farmoniga binoan laboratoriya tuzilmasi o‘zgartirilib, “Parranda, quyon, baliq va asalari kasalliklarini o‘rganish” laboratoriyasi qayta tashkil etilib, R.M. Uraqova laboratoriya mudirasi lavozimida faoliyat olib borgan. 

2022-yildan boshlab, hozirgi davrgacha laboratoriyaga, veterinariya fanlari, falsafa doktori Shavkat Quchqarovich Baliyev rahbarlik qilib kelmoqda. Hozirda laboratoriyada 2 ta katta ilmiy xodim, 1 ta kichik ilmiy xodim, 2 ta stajyor tadqiqotchi va texnik xodimlar faoliyat olib bormoqda. 

Laboratoriya mudiri, Katta ilmiy xodim v.f.f.d. Baliyev Shavkat Kuchqarovich

“Parranda, quyon, baliq va asalari kasalliklarini o‘rganish” laboratoriyasining tashabbusi natijasida ko‘plab baliqchilik, asalarichilik xo‘jaliklari bilan ilmiy-amaliy shartnomalar tuzilgan. Bundan tashqari, laboratoriya, sohaga oid tashkilotlar Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, “UzBaliq sanoat” tasarufidagi Toshkent viloyat baliqchilik ilmiy markazi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Ushbu laboratoriyaning bugungi kungacha bo‘lgan tarixida veterinariya fanlari nomzodi Davidov Orif Saidovichning hissasi katta hisoblanadi, sababi ustoz nafaqada bo‘lishiga qaramasdan asalari va baliq kasalliklariga oid tavsiyalari bilan laboratoriya xodimlariga ilmiy, amaliy tomondan izohlab va asoslab yordam berib kelmoqda.

Ustoz veterinariya fanlari nomzodi, Davidov Orif Saidovich

NASHR ETILGAN ILMIY ISHLAR:

1. Plakatlar – 15

2. Tavsiyanomalar – 4 

3. Ilmiy maqolalar – 600 dan ortiq.

HAMKORLIKDA ISHLANMOQDA:

1. Baliqchilik ilmiy tadqiqot instituti

2. “UzBaliq sanoat” tasarufidagi Toshkent viloyat baliqchilik ilmiy markazi 

3. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.

Laboratoriya faoliyatidan foto lavhalar

Laboratoriya xodimlar tashabbusi bilan chop etilgan ilmiy uslubiy ishlar