Telefon: +998 66 666-56-30

PROTOZOOLOGIYA LABORATORIYASI

PROTOZOOLOGIYA LABORATORIYASI

Laboratoriya mudiri

A.G.Gafurov

vet. fan. doktori, professor

         Qishloq xo‘jalik hayvonlarining protozooz kasalliklari o‘ta xavfli kasalliklardan bo‘lib ular qadimdan buyon va xozirgi kunda ham katta muammolar tug‘dirib kelmoqda hamda ularning ba’zi birlari insonlar uchun ham kattta havf tug‘diradi (leyshmanioz, toksoplazmoz, tripanosomoz va h.k.)  va shu bilan bir vaqtda xalq xo‘jaligiga katta  iqtisodiy zarar yetkazadi.

Shuning uchun ham O‘zbekistonda protozoy kasalliklarini o‘rganish veterinariya ilmiy tadqiqot instituti tashkil qilingan yildanoq Xitoydan zotli qoramollarni keltirilishi bilan  asos solingan. Ilk bor xorijdan keltirilgan zotli qoramollarni piroplazmozga qarshi immunizatsiya qilish ishlari boshlangan. 1926 yildan boshlab esa qoramollarning teyleriozini o‘rganish ishlari olib borilgan. Tuya va otlarning tripanosomozini o‘rganish 1925 yildan, 1931 yildan esa itlarning leyshmanioz va parrandalarning spiroxetoz kasalliklari o‘rganila boshlangan.

Rasmiy ravishda protozoologiya laboratoriyasiga 1936 yilda A.V.Bogorodiskiy (1936-1941), keyinchalik esa A.A.Markov (1942-1943), Z.M.Bernadskaya (1944-1945), A.B.Bogorodiskiy (1946-1955), P.A.Lavrentov (1956-1958), P N.Li (1959-1961), K.A.Arifdjanov (1961-1966), I.X.Rasulov (1967-1969), T.X.Raximov (1969-1993) rahbarlik qilgan va 1993  yildan buyon esa veterinariya fanlari doktori, professor A.G.Gafurov rahbarlik qilib kelmoqda.

1935-1939 yillarda iksod kanalarining tabiatini o‘rganishga Z.M.Bernadskaya, A.P.Muserskaya katta e’tibor qaratdilar. Ular tomonidan kasallik tarqatuvchi kanalarni faunasi, biologiyasi, kasallik qo‘zg‘atuvchi prazitlarni tashish xususiyati o‘rganildi. Keyinchalik piroplazmidoz qo‘zg‘atuvchilarini tarqatuvchi kanalarni tarqalish jarayoni, kanalar tabiatini o‘rganish Г.А.Оболдуев, З.М.Бернадская, И.Г.Галузо, A.B.Bogorodiskiy, P.A.Lavrentev tomonidan jadallashtirildi. N.A.Livatov, Z.M.Bernadskaya, A.B.Bogorodiskiy, P.A.Lavrentev va boshqalar tomonidan iksod va qo‘tir kanalariga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqildi hamda amaliyotga joriy qilindi. Shu bilan bir vaqtda A.B.Bogorodiskiy, P.A.Lavrentev va boshqalar tomonidan piroplazmidoz qo‘zg‘atuvchilarini o‘rganish va unga qarshi kurashish vositasi, davolash-profilaktika qilish usullari ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq qilindi.

1936-1941 va 1946-1955 yillar davomida protozoologiya laboratoriyasining mudiri professor A.B.Bogorodiskiy o‘z xodimlari bilan birgalikda ixtargan, albargen, tripanblau, gemosporidin preparatlarini qoramollar piroplazmidozlaridan davolash-profilaktika qilishdagi samaradorligini aniqladi va veterinariya amaliyotiga joriy qildi.

Professor A.A. Markov (1942-1943), G.A.Obolduev (1946-1955), P.A. Lavrent’evlar (1956-1958) o‘zining laboratoriya xodimlari bilan piroplazmidoz qo‘zg‘atuvchilarining morfologik, biologik, immunobiologik xususiyatlarini o‘rgangan holda piroplazmidozlarga  qarshi bir qancha vosita va usullarni veterinariya amaliyotiga joriy qildilar.

Shu bilan bir vaqtda Respublika  xududlarida otlar, qoramollar, echki va qo‘ylarning piroplazmidozlari, qoramollar va qo‘y-echkilarining anaplazmozi, tuya va otlarning tripanosomoz kasalliklarini epizootik xolati, kasalliklarni klinik kechishi, kasallik davrida bo‘ladigan patogenetik o‘garishlar, kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitlarni biologik xususiyatlari aniqlandi va ularga qarshi davolash-profilaktika chora-tadbirlari ishlab chiqildi hamda veterinariya amaliyotiga tadbiq qilindi.

P.N.Li (1959-1960) piroplazmidozlarni epizootik holatini o‘rganib, ularni berenil, azidin preparatlari bilan davolash va profilaktika qilishdagi samaradorligini aniqlagan holda veterinariya amaliyotiga joriy qilgan. K.A.Orifjonov (1966) tomonidan chop etilgan «Protozoynыe bolezni jivotnыx v Uzbekistane» monografiyasida piroplazmidoz qo‘zg‘atuvchilarining biologik, morfologik va immunobiologik xususiyatlari, davolash va profilaktika qilishda fan yutuqlarini tahlil qilgan.

I.X.Rasulov qoramollarning piroplazmidozlarini davolash va profilaktika qilishda bir qancha vosita va usullarni ishlab chiqdi. Jumladan, berenil va azidinning davolash-profilaktika qilish xususiyatlarini aniqladi va ularni veterinariya amaliyotiga joriy qildi. Butunittifoq eksperimental veterinariya instituti bilan hamkorlikda qoramollarning teylerioziga qarshi «Protivoteylerioznaya jidkaya kulturalnaya vaksina» yaratildi va amaliyotga joriy qilindi. Ushbu vaksinani yaratgan mualliflar Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldilar.

Yu.A.Alaevning 1970-1974 yillar davomida qishloq xo‘jalik hayvonlari va insonlarning toksoplazmoz, B.A.Karimovning 1978-1982 yillar davomida hamda A.B.Djumamuratovning 1990-1994 yillar davomida ot va tuyalarning tripanosomoz kasalligini epizootologik xolatini o‘rganib diagnostik va davolash-profilaktika qilish usullarini ishlab chiqib veterinariya amaliyotiga joriy qilishi natijasida undan kelayotgan iqtisodiy zarar minimal darajagacha kamaytirildi.

T.X.Raximov (1969-1993) rahbarligida protozoologiya laboratoriyasi xodimlarining faoliyati qishloq xo‘jalik hayvonlarining protozooz kasalliklarini epizootik holatini o‘rganish, kasallik qo‘zg‘atuvchilarining immunobiologik, morfologik va davolash vosita va usullarini ishlab chiqishga qaratildi. Natijada 30 dan ko‘proq uslubiy tavsiyanomalar, qo‘llanmalar ishlab chiqildi, ularning ko‘pchiligi veterinariya amaliyotida qo‘llanilib kelinmoqda.

1982 yildan boshlab A.G.Gafurovning ilmiy-tadqiqot ishlari qoramollarning piroplazmidozlarini epizootologik holatini, kasallik qo‘zg‘atuvchilarining biologiyasi, morfologiyasi va kasallik tarqatuvchilarining faunasini o‘rganishga qaratildi.

         Shu bilan bir vaqtda qoramollarni qon-parazitar kasalliklariga qarshi yangi va nisbatan samarasi yuqori darajada bo‘lgan davolash-profilaktika vositalari hamda ular asosida chora-tadbirlar ishlab chiqarishga qaratildi. Natijada diamidin, poliamidin, etdin, giperimmun qon zardobi, uzbikarb kabi mahalliy vositalar ishlab chiqildi. Ushbu preparatlarni piroplazmidozlardan davolash va profilaktika qilishdagi samaradorligi eksperimental va ishlab chiqarish sharoitida aniqlandi. Ularning yangi simptomatik va gemopoetik vositalar bilan birgalikda (kompleksda) qo‘llash natijasida olingan samaradorlik yanada yuqori darajada bo‘lishi aniqlandi va ushbu usullar veterinariya amaliyotiga joriy qilindi. Keyingi yillarda qoramollarning piroplazmoz kasalligiga qarshi radiovaksina va Teyleriozga qarshi suyuq kultural vaksina ishlab chiqildi va amaliyotga tavsiya qilindi.

Chop qilingan «Qishloq xo‘jalik hayvonlarining protozoy kasalliklari», qoramollar teylerioz monografiyalarida va Oliy ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Veterinariya protozoologiyasi” qishloq xo‘jalik hayvonlarining protozoozlari, davlash profilaktika chora-tadbirlari nomli o‘quv qo‘llanmada hamda qishloq xo‘jalik hayvonlarining parazitologiya va invazion kasalliklari nomli darsliklarida   qishloq xo‘jalik hayvonlarining protozoozlarini epizootik holati, kasallik qo‘zg‘atuvchilarining biologik, morfologik, immunobiologik xususiyatlari va davolash va profilaktika qilishda erishilgan yutuqlari o‘z ijobiy natija topgan.

Laboratoriya xodimlari tomonidan keyingi 15 yil davomida 200 dan ziyod ilmiy maqolalar va 2- monografiya va 2-ta o‘quv qo‘llanma 2-ta darslik nashr qilingan va 8-ixtirolikka patent olingan, 8-nomzodlik dissertatsiyasi shulardan 2-fan doktorligi dissertatsiyasi yoqlangan va 2-doktorant doktorlik dissertatsiyasi ustida qilgan ilmiy ishlar yakunlanmoqda.

Kelgusidagi ilmiy ishlar yo‘nalishi qoramollarning piroplazmidozlarini dvolash va profilaktika qilishda molekular biologiya, geninjenerligi va hujayra biotexnologiyasi asosida zamonaviy talablarga javob beruvchi mahalliy xomashyolar asosida yangi kimyoviy va biologik preparatlarni yaratishga bag‘ishlangan bo‘lib, u quyidagi ilmiy-tadqiqotlarga qaratilgan:

– keng tarqalgan va katta iqtisodiy zarar keltirayotgan qishloq xo‘jalik hayvonlarining protozooz kasalliklarini epizootik holatini nazorat qilib borish;

– molekular biologiya, geninjeneriyasi va hujayra biotexnologiyasi  yutuqlariga asoslangan mahalliy xomashyolar asosida yangi va samarasi yuqori darajada bo‘lgan preparatlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;

– qishloq xo‘jalik hayvonlarining protozooz kasalliklariga qarshi samarasi yuqori darajada bo‘lgan maxsus va kimyoviy usullarni ishlab chiqish va veterinariya amaliyotiga joriy qilish;

– piroplazmidozlarni profilaktika qilishda  chorvachilik fermalari, shaxsiy yordamchi va fermer xo‘jaliklariga mos kimyoviy, maxsus vosita va usullarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish;

-kam o‘rganilgan protozooz qo‘zg‘atuvchilarining tabiati va immunobiologik xususiyatlarini o‘rganish.

         Shunday qilib, veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining protozoologiya laboratoriyasi o‘zining 95 yillik tarixiy yubileyi davrida qishloq xo‘jalik hayvonlarining protozooz kasalliklarini epizootik xolatini o‘rganish natijasida respublikaning barcha xududlarida qoramollarning piroplazmidoz kasalliklari keng tarqalganligi, tuyachilik va yilqichilik rivojlangan xududlarda Su auru (tripanosomoz), qo‘y va echkilarda babezioz va anaplazmoz,  inson, it va kemiruvchilarda leyshmanioz kasalliklari epizootik xolatni tashkil qilishi aniqlangan. Shu bilan bir vaqtda, kasallik tarqatuvchi kana va xashoratlarni  tabiati, kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitlarni morfologiyasi va biologik xususiyatlari o‘rganilgan. Protozoy kasalliklariga qarshi biologik  hamda kimyoviy vosita va usullar ishlab chiqilgan hamda ularni veterinariya amaliyotiga joriy qilish natijasida xo‘jaliklar sog‘lomlashtirilgan. Shu bilan bir vaqtda protozooz kasalliklariga qarshi yangidan-yangi  chora-tadbirlar ishlab chiqishda o‘z oldiga ulkan vazifalar qo‘ygan.      

Gafurov Aktam Gafurovich 1944 yilda Samarqand viloyatida  tug‘ilgan, millati o‘zbek, 1978 yilda Moskva veterinariya akademiyasini bitirgan.   Nomzodlik dissertatsiyasini 1982 yilda O‘zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi K.020.37.01 ixtisoslashgan kengashda «Effekivnost diamidina i imidokarba pri piroplazmidozax i anaplazmoze krupnogo rogatogo skota» mavzusida 03.00.19 – parazitologiya ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan.

Doktorlik dissertatsiyasini 1998 yilda O‘zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi K.020.37.01 ixtisoslashgan kengashda «Sovremennыe metodы terapii i profilaktiki piroplazmidozov jivotnыx v Uzbekistane» mavzusida 03.00.19 – parazitologiya ixtisosligi bo‘yicha  himoya  qilgan.

1991 yilda 03.00.19 – parazitologiya ixtisosligi bo‘yicha katta ilmiy xodim ilmiy unvonni olgan.

2013 yil professor unvonni olgan.

Umumiy ish faoliyati 58 yil, VITI da ilmiy ish faoliyati 52 yil.

300 dan ko‘proq ilmiy ishi chop etilgan, shulardan 250 dan ko‘prog‘i doktorlik dissertatsiya himoyasidan keyin. Dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy jurnallarda 150 ta ilmiy maqola, nufuzli xorijiy yoki xalqaro ilmiy jurnallarda 70 ta, shundan Skops va Infanfaktor ahamiyatiga ega bo‘lgan jurnallarda 15 ta ilmiy maqola chop etilgan.