TOKSIKOLOGIYА VA TERAPIYА LABORATORIYASI

Laboratoriya mudiri
Sultanova Intizor Yuldashevna
veterinariya fanlari falsafa doktori
katta ilmiy xodim
O‘zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti 1959-yilda Samarqand viloyati Toyloq tumaniga ko‘chirilgandan so‘ng 1965-yilda “Kimyo toksikologiya” laboratoriyasi tashkil qilingan.
Laboratoriyaga dastlab 1965-1967-yillarda v.f.d. professor F.I.Ibodullayev rahbarlik qiladi. 1967- yilda laboratoriya “Toksikologiya” laboratoriyasi deb nomlandi va bu laboratoriyaga v.f.d. professor T.B.Boymurodov mudir etib tayinlandi. Shu davrdan boshlab laboratoriyada qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalarini fosfororganik pestitsidlar bilan zaharlanishlarda tashxis qo‘yish, davolash va oldini olish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan.
1986-1990-yillarda v.f.d. V.R.Xaitov laboratoriyaga mudirlik vazifasini bajargan bo‘lib ko‘pgina kimyoterapevtik moddalarning hayvonlar organizmiga toksikologik ta’sirlari o‘rganilgan.
1991-2013-yillarda qaytadan v.f.d. professor T.B.Boymurodov rahbarlik qilib shu yillar davomida buzoq va qo‘zilarning yuqumsiz kasalliklarini davolash va oldini olish uchun kompleks preparat ixtiro qilingan (T.B.Boymurodov, E.E.Yaparov, A.A.Abdusattorov, M.Baratova). Bundan tashqari tarkibida gossipol saqlovchi kampirchopon o‘simligini qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalar organizmiga zaharlilik darajalari o‘rganilgan. Shu davrlarda ko‘pgina olimlar (T.B.Boymurodov, V.R.Xaitov, D.Sh.Muradov, N.X.Shevchenko, S.Sh.Faxriddinova, N.Sh.Davlatov, A.Xalqarayev, M.N.Norboyev, A.Toxirov va boshqalar). D.Sh.Muradov rahbarligida oqquray o‘simligining zaharlilik darajasi o‘rganilgan va zaharlanishning oldini olish chora tadbirlari bo‘yicha ilmiy dissertatsiya ishlari bajarilgan. Bundan tashqari I.X.Irgashev, K.A.Asqarov, T.B.Baymuradov, S.Najmiddinov, R.M.Yarayeva va S.I.Arutyunyans, U.S.Najmiddinov va B.X.Jo‘rayevlar tomonidan pilla qurti chiqindisining organizmga ta’siri o‘rganildi va tarkibida gossipol bo‘lgan oziqalar bilan zaharlanishlarni oldini olishda foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
2008 yillarda T.B.Boymurodov, E.E.Yaparov, A.A.Abdusattorov, M.Baratova, N.Opishenkolar boshchiligida “Buzoq va qo‘zilarning yuqumsiz kasalliklarini davolash va oldini olish” uchun kompleks preparat ixtiro qilingan.
2010 yilda V.R.Xaitov, R.Murodovlar rahnamoligida «Разработка методов терапии и профилактики негативных последствий применения современных инсектоакарицидных препаратов в ветеринарной практике Узбекистана» loyihasi asosida ishlar olib borildi.
Ushbu davrda laboratoriya xodimlari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi mikrobiologiya instituti xodimlari bilan hamkorlikda T.B.Boymuradov, J.Toshpo‘latov, I.X.Irgashev va boshqalar somon, g‘o‘zapoya, tamaki poyasi, makka doni ajratib olingan makkajo‘xori poyasi va boshqa dag‘al ozuqalarni to‘yimliligini oshirishda foydalanish uchun trixodesma lignorum – 19 ta zamburug‘idan foydalanish usullari ishlab chiqilgan.
2016-2020-yillarda O.U.Qo‘ldoshev boshchiligida Terapiya va toksikologiya laboratoriyasi qaytadan shakllantirildi. Keyinchalik 2020-2025-yillar davomida M.T.Isayev “Buzoqlar bronxopevmoniyasini davolash va oldini olish chora tadbirlarini takomillashtirish” bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilgan. Shu yillar davomida laboratoriya xodimlaridan I.Y.Sultonova (Quyonlar kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklarining patomorfolpogiyasi va differensial diagnostikasi. 2023-yil) mavzusida veterinariya falsafa fanlari doktori dissertatsiyasini muvofaqiyatli himoya qilgan. 2025-yil “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining yuqumsiz kasalliklarini oldini olish, qarshi kurashishning samarali usullarini taqqoslab o‘rganish, qishloq xo‘jalik hayvonlarida yuqumsiz kasallikning maxsus profilaktikasi uchun vositalarini takomillashtirish va ishlab chiqarish. Qoramollarda oyoq bo‘g‘inlari kasalliklarining etiopatogenez, davolash va profilaktikasi” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan.
2026-yildan boshlab v.f.f.d., katta ilmiy xodim Toksikologiya va terapiya laboratoriyasi mudiri I.Y.Sultanova rahbarligida katta ilmiy xodim M.T.Isayev, kichik ilmiy xodim A.I.Axmadov va laborant M.B.Mustafoqulovalar bilan birgalikda “Qishloq xo’jalik hayvonlar organizmiga pestitsidlarning toksik ta’sir mexanizmini o’rganish hamda zamonaviy profilaktik va davolash vositalarini takomillashtirib, joriy etish” mavzusi bo‘yicha zamonaviy diagnostikum vositalar VJX apparati asosida mikotoksinlarning qishloq qo‘jalik hayvonlari organizmida aflotoksinlar turlari bo‘yicha aniqlash, pestitsidlardan gerpitsitlar tarkibidagi klodinofop propargil miqdorining zaharlilik darajasini laboratoriya sharoitida subakut toksikologik usullarini o‘rganish va tadbiq etish ishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirmoqdalar.
Laboratoriya tashkil etilgandan boshlab hozirgacha 500 dan ortiq ilmiy maqolalar, tavsiyanomalar, broshyuralar chop etildi va 10 dan ortiq patentlar olingan. Laboratoriya materiallari asosida 50 dan ortiq nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi.







