VETERINARIYA SANITARIYA VA URChITISH PATOLOGIYA LABORATORIYASI

Laboratoriya mudiri
Kuldashev Otamurod Urazovich
veterinariya fanlari doktori, katta ilmiy xodim,
Veterinariya sanitariya va urchitish patologiya laboratoriyasi 1948 yilda tashkil topib institutdan alohida bo‘lim hisoblanib shu vaqtdan boshlab uning jamoasi sigirlarning akusher–ginekologik kasalliklarini davolash va oldini olishda hamda hayvonlarni suniy qochirish bo‘yicha ilmiy–tadqiqot va izlanishlar olib borishini boshlagan. Laboratoriyani tashkil topishida Veterinariya fanlari doktori professor G.V.Burkserning mehnatlari kattadir.
Ushbu laboratoriyani 1950-1970 yillarda S.P.Belyakov, 1970-1980 yillargacha N.Ya.Aliev va M.Mardievlar, 1980-2001 yillarda Sh.M.Ro‘ziev, G.S.Po‘latov, B.F.Murtazin, 2001 yildan xozirgi kungacha veterinariya fanlari doktori, katta ilmiy xodim Otamurod O‘razovich Qo‘ldoshev boshqarib kelmoqda.
Laboratoriya tashkil bo‘lganidan boshlab, Respublikadagi mavjud yirik va mayda shoxli hayvonlarning bepusht bo‘lib qolish sabablari, hayvonlar tuqqandan keyingi kasalliklar yo‘ldoshni ushlanib qolishi, endometritlar, bachadon subinvolyusiyasi, tuxumdonlar persisent sariq tanasi sabablari, qisir qolishni davolash va oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bundan tashqari yirik va mayda shoxli hayvonlarda yelin (mastit) kasalligini tarqalishi, etiologiyasi, patogenezi, davolash va oldini olish bo‘yicha ham ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Tekshirishlar natijasida sigirlarning akusher-ginekologik kasalliklarida shartli patogen mikroflora orasida noma’lum patogen bakteriya mavjudligi to‘g‘risidagi ilmiy gipoteza isbotlandi. Ginekologik kasal mollardan olingan servikal-bachadon suyuqligidan, plasenta va qonda hamda abort bo‘lgan homilalardan ilk bor juda mayda, bizlarning tadqiqotlarimizgacha noma’lum bo‘lgan harakatchan bakteriyalar bartonellalar ajratib olindi.
Ilk bor bortanella bakteriyasining morfologik, tinktorial, kultural, biokimyoviy va patogen xususiyatlari o‘rganilib, bakteriyani bartonella avlodiga mansubligi isbotlandi (B.F.Murtazin, 2009).
Ilmiy-tadqiqotlar natijasida yirik shoxli hayvonlar embrion o‘limini oldini olish, endometrit kasalligini davolash va oldini olish, yo‘ldosh ushlanib qolishining oldini olishda ximioprofilaktika usullari yaratildi. (O.U.Qo‘ldoshev, B.F.Murtazin, T.M.Babaev va boshq., 2003-2009). Olingan natijalar asosida Rossiya Federatsiyasidan 2 ta patent va 2 ta mualliflik guvohnomasi olindi.
Trixomonadalarni o‘stirishda takomillashtirilgan ozuqa muhiti, kasallikni diagnostikasi, oldini olish va davolash usullari yaratildi. (B.F.Murtazin, G.S.Po‘latov, G.S.Karimova, T. Po‘latov, X.Xamdamov 1998 y).
Oxirgi yillarda laboratoriya xodimlari tomonidan qo‘llanma va tavsiyalar chop etilgan.
- “Организация зоогигенических режимов и технологических приёмов содержания крупного рогатого скота на фермериских хозяйствах” Рекомендации (Ш.М.Рузиев, Б.Ф.Муртазин, О.У.Кулдашев. Б.Тугалов 2005).
- “Sigirlarni sun’iy qochirish, bo‘g‘ozligini aniqlash va akusher-ginekologik kasalliklarini davolash” bo‘yicha qo‘llanma (O.U.Qo‘ldoshev, B.F.Murtazin, Sh.Ataqurbanov, 2010).
- “Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklarda zoogigienik va veterinariya – sanitariya xizmatini tashkil qilish bo‘yicha” tavsiyanoma (O.U.Qo‘ldoshev, B.F.Murtazin, 2013).
- “Sigirlar tuqqandan keyingi ginekologik kasalliklarni davolash va oldini olish”bo‘yicha tavsiyanoma (O.U.Qo‘ldoshev, Sh.Q.Boliev, J.N.Ochilov 2017).
- “Zotli qoramollarni o‘stirish va boqishga ixtisoslashtirilgan chorvachilik xo‘jaliklari uchun veterinariya–sanitariya bo‘yicha” tavsiyalar (O.U.Qo‘ldoshev, S.I.Mavlanov, M.T.Isaev, B.A.Tugalov, J.N.Ochilov, N.S.Saloxiddinova. 2017).
- “Hayvonlar yelin kasalliklarini diagnostikasi, davolash va oldini olish” monografiya (O.U.Qo‘ldoshev, S.I.Mavlanov 2017).
- “Chorvachilik fermer xo‘jaliklarida zoogigienik va veterinariya-sanitariya xizmatini tashkil qilish” monografiya (O.U.Qo‘ldoshev, M.T.Isaev 2019).
- “Sigirlar endometrit kasalligini davolash va oldini olish” monografiya (O.U.Qo‘ldoshev, B.A.Elmurodov, Sh.A.Jabborov 2019).
- “Sigirlarda endometrit kasalligini oldini olish va davolash” tavsiyanoma (O.U.Qo‘ldoshev, M.T.Isaev, J.N.Ochilov, N.S.Saloxiddinova 2020).
- “Sigirlarda yo‘ldosh ushlanib qolishini davolash va oldini olish bo‘yicha” (J.N.Ochilov, O.U.Qo‘ldoshev, S.A.Suvonov, H.S.O‘rinov, N.S.Saloxiddinova 2024).
- “Yuqori mahsuldor sigirlarda persisent sariq tananing diagnostikasi va davolash usullari“ (O.U.Qo‘ldoshev, S.A.Suvanov 2024) tavsiyanoma.
- “O‘zbekistonda sutchilik soxasida qo‘shimcha qiymat zanjirini rivojlantirish” loyixasi bo‘yicha “Qoramollarda sun’iy urug‘lantirishni tashkil qilish bo‘yicha” (O.U.Qo‘ldoshev, M.T.Isaev 2023) qo‘llanma ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi.
Hozirgi vaqtda Respublikadagi mavjud sun’iy qochirish punktlariga sun’iy urug‘ni erituvchi “2,9 % Natriy sitrat suyuqligi” (O.U.Qo‘ldoshev, N.S.Saloxiddinova, J.N. Ochilov va M.B. Mustafoqulovalar) tayyorlab berilmoqda.
Laboratoriya xodimlaridan B.F.Murtazin (Sigirlar akusher-ginekologik patologiyasining bakterial aspektlari. 2009 yil) mavzusida, O.U.Kuldashev (Sigirlar bepushtligi, endometritlarni davolash va oldini olish usullarini takomillashtirish. 2022 yil) mavzusida veterinariya fanlari doktori (DSc), J.N.Ochilov (Sigirlarda yo‘ldoshning ushlanib qolishi, etiologiyasi, patogenezi, davolash va oldini olish) (PhD) mavzusida dissertatsiyalarini muvofaqiyatli himoya qilgan.
Hozirgi paytda laboratoriyani veterinariya fanlari doktori, katta ilmiy xodim Otamurod Urazovich Qo‘ldoshev boshchiligida J.N. Ochilov, S.A.Suvonov, H.S. O‘rinov, R.I.Bobomurodov., B.S.Rashidov., Sh.O. Hamroev, N.S.Saloxiddinovalar tomonidan akusher-ginekologik kasalliklarni davolash va oldini olish borasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Laboratoriya xodimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijasida tuqqan sigirlarni tug‘ish jarayonini yengil kechishi, jinsiy kasalliklarini oldini olish va servis davrini qisqartirishda sutdan chiqarilgan (7 oylik bo‘g‘oz) sigirlar ozuqa ratsioniga “Ronomix”,“Vilofoss”, ozuqa qo‘shimchalaridan xar bir bosh sigirga 200 mg qo‘shib berilsa sigirlarni tug‘ish jarayonini yengil kechishi tuqqandan keyingi kasalliklardan (yo‘ldosh ushlanib qolishi, bachadon subinvolyusiyasi, tuxumdonlar gipofunksiyasi va sariq tanasi, endometritlar va bosh.) profilaktika qilishda, servis davrini qisqartirishda, tuxumdonlarda follikulalarni yetilishini tezlashtirishda yuqori samara berganligiga erishiladi.Bundan tashqari laboratoriya xodimlar sigirlar va echkilarda mastit kasalligining tarqalishi, etiologiyasi, patogenezi davolash va oldini olish bo‘yicha ham ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Respublikaning qoramolchilik fermer xo‘jaliklari sharoitida mahsuldor sigirlar va urug‘lantirish yoshidagi tanalarda shundan simptomatik, alimentar, ekspulatatsion, iqlimga bog‘liq bepushtliklarni keltirib chiqaruvchi sabablari ularga qarshi kurashish chora-tadbirlar bo‘yicha ham ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Laboratoriya xodimlari tomonidan keyingi yillarda Muzlatilgan urug‘ni va erkak hayvonlardan olingan toza urug‘ni suyultirishda ishlatiladigan 2,9 % li sitrat nartiy suyuqligi va erta bo‘g‘ozlikni aniqlash diagnostikumi ishlab chiqilgan hamda akusher-ginekologik kasalliklarni davolash va oldini olish hamda tuqqandan keyingi servis davrini qisqartirish bo‘yicha laboratoriya sharoitida Azidinol, Plasentin, Ixglyukovet, Karbokaz, Rootikan preparatlari yaratilib ishlatib kelinmoqda.
“Xorijdan keltirilayotgan zotli mollarning reproduktiv organlari kasalliklari hamda mastit kasalligini diagnostikasi, davolash va zoogigineik parametrlar asosida profilaktik chora tadbirlarni tadbiq etish”, “O‘zbekiston sharoitida hayvonlar uchun zoogigenik parametrlarni va zotli mollar uchun veterinariya-sanitariya, urchitish patologiyasi bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish” topshiriqining 2021-2025 yillarga Rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Hozirgi kunda laboratoriyada veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun S.A.Suvanov “Mahsuldor sigirlarda persisent sariq tananing diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirish” mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajanini olish uchun ilmiy semenardan o‘tdi. X.S.O‘rinov “Golshtin zotli sigirlar reproduktiv faoliyatini rag‘batlantirish usullarini takomillashtirish” mavzusida, R.I.Bobomuradov “Zotli sigirlarda kataral-yiringli mastitni etiopatogenezi, diagnostikasi va davolashni takomillashtirish” mavzusida, B.S.Rashidov “Echkilarda mastit kasalligining patogenezi, davolash va oldini olish” mavzusida va Sh.O.Xamraev “Qoraqolpog‘iston Respublikasining janubiy tumanlarida sigirlarni alimentar bepushtligini davolash va oldini olishni takomillashtirish” mavzularida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormaqda.Yuqoridagi tadqiqotlar natijasiga ko‘ra keyingi yillarda laboratoriya xodimlar tomonidan Патент РУз. № 11813441 “Способ профилактики эмбриональной смертности крупного рогатого скота” Патент РУз. № 11813441., “Способ профилактики и лечения бартонеллеза телят” Patent RUz. № 1826904., Patent RUz. № 3157. Buzoqlardagi bartonellezni davolash va oldini olish usuli. Patent RUz. № 3157., Patent № IAP 06294., Sigirlarda tuqqandan keyingi yo‘ldosh ushlanib qolishini davolash va oldini olish usuli. Patent RUz. № 3157 mazkur ishlanmalar uchun Respublika Intellektual Mulk Agentligidan “Ixtirolarga” patent olingan.
Laboratoriya xodimlari tomonidan 600 dan ziyod ilmiy-amaliy, ommabob maqolalar, 3-ta monografiya 13 – ta qo‘llanma, 18 tavsiyanoma chop qilinib, 7 – ta patent olingan 11 – ta nomzodlik va 3 – ta doktorlik dissertatsiyalar himoya qilingan.
O‘zbekiston Milliy Universiteti, O‘z.FA Bioorganika instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi, Toshkent Davlat Agrar Universiteti, Chorvachilik va Parrandachilik ilmiy tadqiqot instituti, Samarqand Davlat Veterinariya Meditsinasi, Chorvachilik Biotexnologiyalar Universiteti, Qorako‘lchilik va Cho‘l ekalogiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan xamkorlikda hayvonlar akusher – ginekologik kasalliklarini davolash va oldini olishda yangi dori va diagnostik vositalarini yaratish bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda.











