Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining Parranda, quyon, baliq va asalari kasalliklari laboratoriyasida dorivor o’simliklar maxsus usulda quritilib ulardan asalari kasalliklariga shifobaxsh ta’sir ko’rsatadigan damlamalar tayyorlanmoqda.
Ushbu ma’suliyatli tadqiqot ishlari bilan ko’p yillik tajribaga ega ilmiy xodimlar veterinariya fanlari falsafa doktorlari M.Y.Raximov hamda R.M.Uraqovalar jiddiy kirishgan.
Dastlab tayyorlangan vositalar institutdagi tajriba asalari oilalarida sinovdan o’tkazilib natijasiga binoan asalarichilik xo’jaliklariga joriy qilinishi rejalashtirilgan, kelgusida ushbu mavzu doirasida keng qamrovli ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish yuqori darajadagi jurnallarda maqolalar chop etish hamda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish ko’zda tutilgan.






Fikr bildirish