Telefon: +998 66 666-56-30

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi  tashabbusi bilan Toshkent shahriga sayohat tashkil etildi.

Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tashabbusi bilan 27-28 – yanvar kunlari Toshkent shaharga 50 kishilik jamoa shakllantirilib katta sayohat tashkillashtirildi.

Ushbu sayohatchilar ichida ASM Samarqand shahar kengashiga qarashli tashkilotlardan 5 nafar ishchi xodimlar ham qatnashishdi.

Dastlab sayohatchilar Kasaba uyushmalari federatsiyasi qoshidagi «SAYOHAT SARI» mehmonxonasiga joylashtirildi, shundan soʻng dastlab Shahidlar maydoni undan keyin, O’zbekiston Islom sivilizatsiya Markaziga va kun oxirida Tashkent City Mall ko’ngilochar markaziga sayohat uyushtirildi.

Kun yakunida «SAYOHAT SARI» mehmonxonasida kechki nonushta va ko’ngilochar dasturlar tashkillashtirildi.

28-yanvar kuni nonushtadan so’ng Toshkent teleminorasiga sayohat uyushtirildi.

Ushbu tashriflar toʻliq Yoʻl boshlovchi hamrohligida tashkil etildi.

Sayohat qilinayotgan qadamjolar, ziyoratgoh va koʻngilochar joylar boʻyicha toʻliq maʼlumotlar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan