Telefon: +998 66 666-56-30

QO’YLARDA GELITROPNING ZAHARLI TA’SIRI O’RGANILMOQDA

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Tayanch doktoranti Gulniso Abduraimova ilmiy rahbari professor B.A.Elmurodov rahbarligida
«Qo’ylarning geliotropdan (Heliotropium lasiocarpum) zaharlanishlarining patomorfologik differensial diagnostikasi» mavzusidagi dissertatsiya ishining quyonlarda o’tkaziladigan tajribalarini yakunlab, asosiy hayvon hisoblangan qo’ylardagi tajribalarini boshlab yubordi.

Mikrobiologiya laboratoriyasining vivarisiga 6 bosh qo’ylar olib kelinib ularni ikki guruhga ajratgan holda (tajriba va nazorat) tajribalarini o’tkazish uchun institutning aprobatsiya komissiyasidan rasman ruxsat olgan holda amaliy ishlarga o’tkazildi.

Tajribalar bir oy davomida olib borilishi rejalashtirilgan bo’lib qo’ylarning umumiy holati kunlik monitoring qilinadi, o’zgarishlar qayd qilib boriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan