Telefon: +998 66 666-56-30

,

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI, VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH QO‘MITASI, VETERINARIYA ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

“VETERINARIYA SOHASIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR YECHIMI TADQIQOTCHILAR TALQINIDA”

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

KONFERENSIYA QATNASHCHILARI DOKTORANTLARMUSTAQIL TADQIQOTCHILARILMIY XODIMLARMAGISTRLARTALABALAR

Materiallar veterinariya va qishloq xo‘jaligidagi dolzarb muammolarni yechishga qaratilgan bo‘lishi talab etiladi  

AXBOROT XATI

“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilm-fan va ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tegishli qarorlarida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, talabalar, magistrantlar, doktarantlar, ilmiy xodimlar va yosh olimlarning ilmiy tadqiqot natijalarini keng yoritish maqsadida Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan VETERINARIYA SOHASIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR YECHIMI TADQIQOTCHILAR TALQINIDAmavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Konferensiya materiallari tahrir qilinib, alohida to‘plam sifatida elektron shaklda nashr etiladi va quyidagi ilmiy bazalar, veb-saytlarda har bir maqola alohida joylashtiriladi: Google scholar, ZENODO Yevropa ochiq ma’lumotlarga asoslangan xalqaro bazasi, in Library OAK ro‘yxatidagi jurnal.

“VETERINARIYA SOHASIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR YECHIMI TADQIQOTCHILAR TALQINIDA” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqola va tezislar qabul qilinadi:

  • Veterinariya fanlari
  • Qishloq xo‘jalik fanlari
  • Tabiiy fanlar
  • Tibbiyot fanlari
  •  

Materiallarni qabul qilish muddati: 1-iyunga qadar davom etadi.

Konferensiyaning rasmiy tillari: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz. Konferensiyaning nashr etilish sanasi: 10-iyun

Konferensiya online va oflayn formatda Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining katta majlislar xonasida o‘tkaziladi.

Materiallar belgilangan muddatda (Hamroqulov Nuriddin) +99895-595-95-91 (+99899 776 44 06 telegram nomeriga yoki  @nuriddin_hamraqulov) telegram manziliga yuboriladi. Qabul qilingan materiallar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va xulosaga ko‘ra nashr uchun konferensiya to‘plamiga kiritiladi. Maqola va tezislarda keltirilgan ma’lumotlar uchun mualliflar shaxsan mas’uldirlar. Taqdim etilgan maqola va tezislar qabul qilinganidan so‘ng, muallif tomonidan maqola yoki tezis uchun 100 ming so‘mdan badal puli amalga oshiriladi. To‘lov uchun karta raqam 9860 1201 5270 4397 Nuriddin Hamroqulov

Maqola va tezislarni rasmiylashtirish talablari:

1. Materiallar matni elektron variantda, Times New Roman, 14 o‘lchamdagi shrift kattaligida, satrlar oraligi 1,5 sm, sahifalar barcha tomonidan 2 sm qoldirilgan holda bo‘lishi shart. Maqola va tezislar hajmi 3 betdan kam bo‘lmasligi kerak.

2. Maqola va tezisning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Ikkinchi qator o‘rtada muallifning ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni hamda ish joyi to‘liq ko‘rsatilishi lozim.

3. Maqolaning sarlavha qismidan keyin bir qator tashlab annotatsiya va kalit so‘zlar keltiriladi, foydalanilgan adabiyotlar 10 tadan kam bo‘lmasligi lozim;

Maqola yoki Tezis rasmiylashtirish NAMUNASI

UO‘K: 619:616.2.716.12

VETERINARIYA SOHASIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR TADQIQOTCHILAR TALQINIDA

N.Sh.Hamroqulov

ORCID: 0009-0000-7207-4197  

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti  

Annotatsiya: Ushbu maqolada (50-80 ta so‘zdan iborat)

Kalit so‘zlar: (15-20 ta so‘zdan iborat)  

Maqolaning asosiy matni Maqolaning asosiy matni Maqolaning asosiy matni Maqolaning asosiy matni Maqolaning asosiy matni Maqolaning asosiy matni Maqolaning asosiy matni Maqolaning asosiy matni Maqolaning asosiy matni Maqolaning asosiy matni Maqolaning asosiy matni Maqolaning asosiy matni  

Xulosalar  

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. 2. . . 10.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan