Telefon: +998 66 666-56-30

, ,

SamDVMCHBU Nukus filalining magistrantlari VITIda

Bugun Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutiga SamDVMCHBU Nukus filali «Hayvonlarning parazitar va yuqumli kasalliklari» mutaxassisligi 1-kurs magistrantlari  Azada Yakupbay qizi Xojamuratova hamda Tumaris Marxabay qizi Eshanovalar tashrif buyurishdilar.

Yosh tadqiqotchilar VITIga kelishining asosiy sababi Araxnoentomologiya va akarologiya laboratoriyasi mudiri, v.f.f.d., Katta ilmiy xodim F.S.Pulotov ushbu tadqiqotchilarning ilmiy rahbari hisoblanadi.

Tadqiqotchilar institutning tegishli laboratoriyalari bilan tanishib, soha mutaxassisilari bilan fikr almashdilar.

Azada Yakupbay qizi Xojamuratova «QORAQALPOG’ISTONDA PARRANDALAR EYMERIOZI KASALLIGINI TARQALISHI VA OLDINI OLISH YO’LLARI” mavzusida tadqiqotlar olib borayotganligi bois mavzusiga oid savollar bilan yaqinda falsafa doktori darajasini olgan A.X.Xushnazarov bilan savol javoblar olib bordi.

A.X.Xushnazarov uchrashuv yakunida yosh tadqiqotchining ilmiy ishiga tegishli uslubiy qo’llanma va tavsiyanomalaridan sovg’a sifatida taqdim etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan