Telefon: +998 66 666-56-30

TAYANCH DOKTORANTLAR TOMONIDAN APROBATSIYA O‘TKAZILDI

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktorantlari Laylo Sharipova va Islomiddin Usmanovlar tomonidan ilmiy mavzusi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.


Tayanch doktorant Sharipova Laylo ilmiy rahbari v.f.d., professor N.E.Yuldashev ningrahbarligida “O‘zbekiston Respublikasida qo‘ylar diktiokaulyozi va unga qarshi kurash choralarini takomillashtirish” mavzusida

Tayanch doktorant Usmanov Islomiddin ilmiy rahbari v.f.d., professor B.A.Elmurodov rahbarligida “Qo‘ylar diktiokaulyozi va pasterellyozining aralash kechishida patomorfologik differensial diagnostikasi” mavzularida dastlabki tajribalarni amalga oshirishdi.


Ish dasturiga asosan ushbu tajribalarning amaliy qismi “Gelmintologiya” laborotoriyasi mudiri J.M.Isayev hamda komissiya a’zolari bilan birgalikda “Gelmintologiya” laboratoriyasi hisobidagi qo‘ylarga Dictyocaulus filaria qo‘zg‘atuvchilari og‘iz orqali yuqtirilib, sun’iy zararlantirildi.

Tadiqotning keyingi bosqichlarida tajribadagi qo‘ylar klinik va loborator tekshirilib boriladi.

Qo‘ylar Dictyocaulus filaria qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlangandan so‘ng, K.I.Skiryabinning “To‘liq va noto‘liq gelmintologik yorish” usuli bilan hamda patomorfologik tekshirishlar amalga oshiriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan