Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti Usmanov Islomiddin o‘zining tanlagan dissertatsiya mavzusi doirasida chorvachilik fermer xo‘jaliklari va aholi xonadonlarida boqilayotgan qo‘ylarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Tayanch doktorant, v.f.d., professor B.A.Elmurodovning rahbarligida 16.00.02. “Hayvonlar patologiyasi onkologiyasi va morfologiyasi, veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi” ixtisosligi bo‘yicha «Qo‘ylar diktiokaulyozi va pasterellyozining aralash kechishida patomorfologik differensial diagnostikasi» mavzusida monitoring tekshiruvlarni boshlab yuborishgan.
Dastlabki tadqiqotlar ish dasturiga asosan ushbu tajribalarning amaliy qismi Navoiy viloyatining Konimex va Karmana tumanlaridagi qo‘ychilikka ixtisoslashgan va aholi qaramog‘idagi qo‘ylardan na’munalar olib kelindi va “Gelmintologiya” laboratoriyasida tekshirildi. Tekshirish natijalariga ko‘ra qo‘ylardan olib kelingan tezak na’munalarida diktiokaulyoz lichinkalari topildi. Tadqiqot ishlari davom etmoqda.
🏛VITI Axborot va matbuot xizmati.
👉https://t.me/viti_rasmiy
Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz.








Fikr bildirish