Telefon: +998 66 666-56-30

, ,

TOYLOQ TUMANIDA «TOYLOQ ASALARICHILIK FESTIVALI» O’TKAZILDI

Bugun erta tongdan Toyloq tumanida katta bayram tantanalari bo’lib o’tdi, ushbu tadbir Toyloq tuman O’rmon xo’jaligi markazida tashkil etilgan bo’lib butun Respublika bo’yicha Asalarichilar va asal ishqibozlari bayramga tashrif buyurdi.

Xususan tadbirda viloyat hokimi A.Boboyev, tuman hokimi B.Rahmatullayev hamkor tashkilot sifatida VITI direktori X.Yuldoshevlar qatnashdi.

Festivalda «Yashil makon» umummilliy harakati doirasida daraxt ekish marosimi ham bo’lib o’tdi, undan so’ng «ASALARILARNI PARVARISHLASH, SIFATLI ASAL YETISHTIRISH VA ASALARI KASALLIKLARINI OLDINI OLISH» nomli ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilib, ushbu konferensiyani VITI direktori X.Yuldoshev olib bordi va so’zga chiqqanlar tomonidan sohadagi ayrim muammo va kamchiliklarga qaratilgan fikr mulohazalari hamda istiqboldagi rejalar to’g’risida so’z yuritdilar.

Ma’lumot o’rnida konferensiya mavzusiga oid Viloyat hokimligi, VIT instituti hamda Tuman hokimligi hamkorligida katta qo’llanma tayyorlanib barcha qatnashuvchilarga tarqatildi.

Festival davomida barcha tadbir ishtrokchilari umumiy pavilyonga taklif etilib bayram ko’rgazmasiga sayohat qilishdi, bu yerda butun respublika bo’yicha kelgan asalarichilarning asal ko’rgazmasi hamda Toyloq tumanida ishlab chiqarilayotgan turli tuman mahsulotlar ko’rgazmasi namoyish etildi.

Festival yakunida munosib ishtirok etgan Asalarichilar va soha olimlariga esdalik qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan