Telefon: +998 66 666-56-30

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari dolzarb zoonoz kasalliklarni aniqlashga bag‘ishlangan trediningda taqdimot bilan ishtirok etdi.

Toshkent, 18-iyun — Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) tomonidan tashkil etilgan O‘zbekistonda ko‘p tarmoqli hamkorlikka asoslangan “Yagona salomatlik” dasturi doirasidagi seminar-trediningda ishtirok etdilar.

Mazkur tadbir dolzarb zoonoz kasalliklarni erta aniqlash va monitoring qilish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, institut vakillari o‘z taqdimotlari orqali O‘zbekistonda zoonoz infeksiyalar ustidan laborator va epidemiologik nazorat bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Ushbu trening mamlakatda sektoral hamkorlikni kuchaytirish va “Yagona salomatlik” yondashuvini amaliyotga joriy etish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan