
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi va Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan Surxandaryo viloyatining Qumqo’rg’on tumani Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish bo’limida «Veterinariya sohasini rivojlantirishdagi muammolar yechimi va istiqboldagi rejalar» mavzusida o‘quv seminari bo’lib o’tmoqda.



O’quv seminarni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari Sh.A.Jabbarov, VITI ning Virusologiya laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, v.f.n Butayev M.Q va Immunologiya va biotexnologiya laboratoriyasi mudiri v.f.d. katta ilmiy xodimi I.X.Salimov, Mikrobiologiya laboratoriyasi mudiri v.f.f.d., katta ilmiy xodimi N.I.Navruzov va tayanch doktorant I.A.Hazratqulovlar tomonidan «Veterinariya sohasidagi ilmiy yangliklarni fermer xo’jaliklari va aholi xonadonlariga joriy etish va hududlarda epizootik tadbirlarni o’tkazish shuningdek «veterinariya sohasini rivojlantirishdagi muammolar yechimi va istiqboldagi rejalar» mavzusidagi tushunchalar berib o’tilmoqda.
O’quv seminarida Veterinariya ilmiy-tadqiqot institut olimlari Termiz shahar va barcha tuman epizootologlari, muvofiklashtirish mutaxassislari chorvochilik fermer xo’jalik rahbarlari ishtirok etishmoqda.
Fikr bildirish