



Veterinariya ilmiy tadqiqot institutida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” ezgu g‘oyasi ostida mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda Institut direktori, X.Yuldoshev va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toyloq tumani boʻlinmasi rahbari Z.Avazov ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimiz mustaqilligining 34 yil mobaynida erishilgan yutuqlarga, islohot va imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tdi.
Veterinariya sohasini rivojlantirish borasida samarali faoliyati, ilm fan yutuqlari va uzoq yillardan buyon, inistitutda faoliyat ko‘rsatib kelayotganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” degan ulug‘ g‘oyaga xizmat qilayotgan xodimlar tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.



Fikr bildirish