Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining Kasaba uyushma qo‘mitasi 9-apreldan buyon quydagi tashkiliy ishlarni amalga oshirdi.
1. VITI kasba uyushmasi nomiga mehnat faoliyati davomida haq huquqlari bo‘zuliyotgani yuzasida ikki marta murojaat tushdi va ijobiy hal etishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
2. Institut direktori nomiga moddiy rag‘batlantirish uchun institutning 11 nafar xodimi murojaat qilgan va ularga Kasaba uyushmasi ijobiy xulosa berib xodimlar bo‘limiga ma’lumot junatdi hamda ular Budjetdan tashqari rag‘batlantirish mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirilgan.
3. Institut xodimlariL.Axmadaliyeva, D.Karimova, T.Qobilov, N.Yaxyoyeva,O.Djuraqulov, H.Muhammadiyev, L.Xolodnaya, M.Ismatova, X.Sultonova, B.Azimboyeva, D.Yuldosheva, N.Tayirova, N.G‘afurova, M.Umarova, A.Akramov, E.Narziyev, X.Ostonovlarga har xil asosli sabablarini inobtaga olib Kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan eng kam ish xaqqining ikki barobari miqdorida moddiy yordamlar ajratildi.
4. Kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan 9-may “Xotira va qadirlash kuni”, 30-iyun “Yoshlar kuni”, 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni”, 17-oktyabr “Xalqaro qishloq ayollar kuni” hamda “Yangi yil” kabi bayramlarni inobatga olib tegishli xodimlarga esdalik sovg‘alar ulashib Kasba uyushmasi mablag‘lari hisobidan bayram tantanalari o‘tkazildi.
5. Institutning rasmiy sayti viti-rasmiy.uz ning Domen va Hosting to‘lovlari uchun ketadigan xarajatlarni hisobga olgan holda “Kasaba uyushmasi” mablag‘lari hisobidan 1 750 000 sum mablag‘ ajratidi va sayt faoliyati davom ettirilmoqda.
6. Institut xodimlari J.X.Jalilovga “Chimyon” A.E.Karimovning hisobidan dadasi (otasi) E.Y.Karimovga “Chimyon”, X.U.Murodov ning hisobidan dadasi (otasi) U.T.Murodovga “Chinobod”, F.E.Xafizovaning hisobidan onasi Sh.X.Xafizovaga “Chimyon”, T.K.Gaznakulovga “Chimyon”, A.G.Gafurovga “Zarkent” kabi sanatoriyalarga hamda D.M.Karimovaning vasiyligidagi jiyani (opasining o‘g‘li) R.D.Mirzayevga bolalar uchun mo‘ljallangan “Alpomish” oromgohlariga Kasaba uyushmasi hisobidan imtiyozli yo‘llanmalar olib berildi.
7. B.Sh.Mirzayev, A.A.Akramov, E.N.Narziyev, Z.M.Meliboyevalarga e’lon qilingan hayfsanni muddatidan oldin olib tashlash bo‘yicha institut direktoriga iltimosnoma kirgazildi va ijobiy hal qilindi.
8. VITIning 1926 yildan bugungi kungacha 100 yillik tarixi hamda Kasaba uyushmasining 1976 yildan bugungi kungacha 50 yillik tarixi o‘rganilib umumiy ma’lumotlar hususan sobiq direktorlarining foto suratlari topilib zamonaviy holatga keltirildi va barchasi PDF hamda Word holatda yig‘ib qo‘yildi.
9. ASM Samarqand shahar kengashi tomonidan 11-noyabr “Kasaba uyushmasi xodimlari kuni” munosabati institut direktoriga O‘zRes Gerbi nusxasi topshirildi. Undan tashqari institut xodimlarining 2025 yilda yubile yoshlari ekanligini hisobga olib 10 nafariga Tashakkurnoma va esdalik qimmatbaho sovg‘alar tashkillashtirilib topshirildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining qoshida faoliyat ko‘rsatuvchi Malaka oshirish institutida 17-21 noyabr kunlari VITI KUQ raisi malaka oshirib 93 ball bilan kursni yakunlab qaytdi, ushbu kurs to‘liq Fedratsiya tomonidan moliyalashtirildi, institut KUQ hisobidan mablag‘ ishlatilmadi.
Veterinariya ITI KUQning Xalq bankidagi hisob raqamidan 9 oylik faoliyat davomida jami 44 450 000 so‘m mablag‘ yechilgan
| Bankdan yechilgan | Ma’daniy ommaviy tadbirlarga 25% | Xodimlarga moddiy yordam 35% | Kasaba uyushmasi faollarini rag‘batlantirishga 20% | Tashkilotda sportni rivojlantirishga 10% | Idora ashyolari, xo‘jalik mollari va boshqalarga 10% |
| 7 000 000 | 1 500 000 | 3 000 000 | 1 875 000 | ||
| 550 000 | |||||
| 5 000 000 | 750 000 | 3 375 000 | |||
| 6 000 000 | 2 900 000 | 2 472 000 | 824 000 | ||
| 824 000 | |||||
| 10 500 000 | 10 000 000 | ||||
| 5 700 000 | 4 944 000 | 1 200 000 | |||
| 3 350 000 | 3 296 000 | ||||
| 6 900 000 | 6 940 000 | ||||
| JAMI | |||||
| 44 450 000 | 22 914 000 | 13 712 000 | 4 199 000 | 3 625 000 | |
| KUQ faollarini rag‘batlantirish uchun ajratilgan 4 199 000 so‘mning 1 490 000 qismi ma’naviy ma’rifiy va tashkiliy masalalar uchun qayta sarflangan. | |||||
VITI KUQ raisi v.f.f.d.,A.X.Xushnazarov
VITI KUQ kotibi v.f.f.d., Q.X.G‘oyibnazarov
•Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tmoqchimanki, har birimizdan ushlanib qolinayotgan Kasaba uchun 1% ushlanmadan maksimal foydalanish lozim, uni sizning roziligingizsiz va institutning Kasaba uyushma qo‘mitasi xulosasisiz hech kim foydalanishiga haqqi yo‘q, har bir xodim oxirgi uch yilda muqum ishlasa va kasabaga a’zo bo‘lsa har ikki yilda dam olish sanatoriyalariga imtiyozli yo‘llanmalar olishga haqli, yo‘llanmalardan tashqari institut hisob raqamiga tushgan umumiy mablag‘ning 25% ma’daniy ommaviy tadbirlarga, 35% Xodimlarga moddiy yordam, 10% tashkilotda sportni rivojlantirishga, 20% Kasaba uyushmasi faollarini rag‘batlantirishga, 10% idoraviy ishlarga (kerakli ashyolar, xo‘jalik mollari, KUQ a’zolarini rag‘batlantirish va boshqalarga ishlatilishi o‘rni kelsa ushbu foizlar uyushma a’zolari fikrlari bilan o‘zgartirilishi mumkin.
•Yana bir muhim ma’lumot tashkilotlardagi KUQ raislari xoh u Davlat xoh Xususiy tashkilotlar bo‘lsin ushbu tashkilotda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning haq huquqlarini himoya qiladigan, xodimlarga nisbatdan nohaqliklar bo‘lganda, xodimlar mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilmagan vazifalarga majburlanganda, tashkilotda tenglik masalalari buzilganda, rahbarlar tomonidan qulay ish o‘rinlari yaratib berilmaganda murojaatlarga asosan ish tutadigan shaxs deb qaralishi lozim, afsuski juda ko‘p joyda raislarga faqat moddiy manfatlarini qondirish uchun murojaat qilishadi, asosiy masalalar esa doimgidek holatda davom etaveradi.
•Fursatdan foydalanib yana bir bor barchaga rahmat aytaman, berilgan lavozim, bildirilgan ishonch va faol qo‘llab quvvatlash uchun.
Hisobot yakunida a’zolar tomonidan KUQ raisiga bir qancha savollar berildi va barchasiga ijobiy hamda aniq javoblar berildi.
Yig’ilish yakuniga ko’ra VITI KUQ hamda uning raisi faoliyati ijobiy baholandi.





















Fikr bildirish