Telefon: +998 66 666-56-30

Veterinariya ITIda VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI BO’LIB O’TDI

Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonda har yili 14-yanvar kuni nishonlanadigan rasmiy bayram bo‘lib, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining tashkil etilgani (1992-yil 14-yanvar) sharafiga o‘tkaziladi, bu kun mamlakat mudofaa qudratini, harbiy xizmatchilar jasoratini va vatanparvarlik tuyg‘usini ulug‘laydi, 1993-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan rasman belgilangan, bu bayram nafaqat harbiy xizmatchilar, balki yoshlar va barcha vatandoshlar bayrami sifatida qaraladi. 

Bugun erta tongdan Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutda ham butun respublikamiz bo’ylab nishonlanayotgan 14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni» bayrami munosib o’tkazildi.

Ushbu bayram tadbirini institut direktori b.f.f.d., X.T.Yuldoshev kirish so’zi bilan boshlab ilmiy xodimlarni xususan barcha institutning yegitlari, ishchi xodimlari hamda jamiki vatan himoyachisi nomiga sazovor erkaklarini qizg’in tabrikladi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi bilan boshlandi.

Shundan so’ng institutning yosh doktorant va ilmiy xodimalari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari yig’ilganlarga taqdim etildi.

Tadbir so’ngida so’z olganlar jamiyatda erkaklarning qadr qimmati, shijoati baland bo’lishi to’g’risida iliq fikrlar va ijobiy istaklarni tilab qolishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan