Samarqand viloyati Samarqand tumanida joylashgan va aynan Chorvachilikka ixtisoslashgan «Yunus bog’lari» fermer xo’jaligi bo’lib, ushbu xo’jalik viloyatimiz aholisini sifatli va halol go’sht bilan ta’minlash borasida kun-u tun mashaqqat chekmoqda, deb aytadi institutning Katta ilmiy xodimi Ilxomjon Ulashov.

Shunday mashaqqatli mehnat bilan belni mahkam bog’lab elimiz uchun harakat qilayotgan fermerlarga ora-orada beg’araz yordam qilib turamiz, joyi, o’rni kelganda fermer ham bizni o’n karra rozi qiladi deb kulib qo’yadi Ilhom Axmadovich.

Ilm bilan amaliyotni doimo birdek olib borish kerak, jadal rivojlanish davrida yangidan yangi ichki yuqumsiz patologiyalar uchrab turadi, ularni davosini topish uchun tinimsiz izlanish va yetarlicha amaliyot bo’lishi kerak, chorva egasi- moli bilan tirik, chorvasi kasallanib qolsa yeganida ham ichganida ham halovat qolmaydi, ana shunday holatga tushmaslik uchun doimo malakali mutaxassislar bilan hamfikr bo’lish lozim deb bee’tibor fermerlarni ham koyib qo’ydi qahramonimiz.

Suhbatimiz davomida Ilxom Ulashov sohaga kirib kelganligi, qanday qiziqqanligini ham eslab o’tdi, asli o’zim Qashqadaryoning Kitob tumanidanman, dastlab maktabni bitirib Toshkent Islom institutiga o’qishga qabul qilindim va ushbu nufuzli oliygohni a’lo baholarda tamomladim, joyi kelganda aytib o’tay, men Islom olamida juda buyuk insonlardan biri Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlarining qo’lida tahsil olganman.
Yoshligimdan chorvaga aralashganman shu bois qishloqda yana chorvaga yaqin boʻldim va Samarqand qishloq xo’jalik institutining Veterinariya fakultetda o’qidim, oʻqishni tugatib bir muddat ishlab chiqarish sohasida soʻngra Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida ishladim.
Taqdir boʻlsa kerak yoshim biroz kattaroq boʻlib qolgan boʻlsada ustozlarimning qistovi va ichki tuygʻular bilan sevimli oligohimning magistraturasini tamomladim, zamonasining yetuk olimi, professor Anvar Oripovichning etaklaridan mahkam tutib ish boshladim, Falsafa doktori darajasiga ega bo’ldim, mana shu sohada faoliyat olib borayotganimga ham 25 yil bo’lib qolibdi deydi kamtargina suhbatdoshimiz Ilxom Ulashov.

Fikr bildirish