Bugun 3-noyabr kuni Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining Kichik majlislar zalida Kasaba uyushma qo’mitasining kengaytirilgan yigi’lishi bo’lib o’tdi.


Kun tartibida yagona masala institutning Kasaba uyushmasini ASM Samarqand shahar kengashidan ASM Toyloq tumani kengashiga o’tkazish yoki joyida qoldirish.


ASM Toyloq tumani Kasaba uyushmasi raisi B.Musinov aynan ushbu masalada institut jamoasiga targ’ibot va tashviqot ishlarini olib bordi, ASM Samarqand shahar kengashi VITIning xodimlari a’zolik badalidan tushgan mablag’lari hisobiga qanday yordam ko’rsatayotgan bo’lsa undan ham ko’proq qilishi tug’risida og’zaki vadalar berdi.


Undan tashqari institut bir necha yillar aynan tumanda a’zo bo’lganligi usha davrlarda juda ko’zga ko’rinarli ishlar bajarilganligini inobatga olib tumanga a’zo bo’lishga barchani chorladi.

Ammo institut jamoasi a’zolari, Kasaba uyushmasining haqli vakillari bo’lgan professorlar, katta va kichik ilmiy xodimlar hamda ishchi xizmatchilar tomonidan ASM Toyloq tumani Kasaba uyushmasi raisi B.Musinovga keskin etrozlar bildirildi, xodimlarning etrozlarida yillar davomida aynan tuman kengashidan birorta sanatoriyalarga yo’llanmalar olinmagani, bayram tadbirlar va marosimlarda ham biror marta B.Musinov institutga tashrif buyurmagani, ba’zan yuridik yordam so’rab izlab borilganda umuman joyidan topaolmaganliklari aytildi.



Yig’ilish yakunida jamoaning umumiy xulosasiga ko’ra VITI Kasaba uyushmasi ASM Samarqand shahar kengashida qolishiga qaror qilindi.


Fikr bildirish