
Bugun Samarqand shahridagi Boqiy shahar markazida Ikkinchi hududlararo OʻZBEKISTON-XITOY forumi boʻlib oʻtdi.
Ushbu xalqaro ahamiyatga ega tadbirda direktor X.T.Yuldoshev boshchiligida Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari ham ishtirok etdi.
Forumning »Zamonaviy qishloq xoʻjaligi hamkorlik» sho‘basida bugungi kundagi ikki davlatning Qishloq xoʻjaligidagi erishilgan yutuqlari va kelajak rejalari muhokama qilindi.
Shuningdek kelgusida ushbu hamkorlik yanada kengayishi yuzasidan takliflar va biznes loyihalarni koʻpaytirish taklifi ilgari surildi.
Shu kungacha hamkorlikda katta natijalarga erishgan ikki davlatning tadbirkorlari taqdirlandi.















Fikr bildirish