🕯 Alisher Navoiy o‘zining betakror ijodi, yuksak insonparvarlik g‘oyalari, ilm-ma’rifat va ezgulikka chorlovchi asarlari bilan nafaqat o‘z davrining, balki butun insoniyat ma’naviy xazinasining bebaho durdonalarini yaratdi. Uning boy adabiy merosi milliy o‘zligimizni anglash, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
📜 Buyuk bobomizning ilm-fan, ma’naviyat va komillikka chorlovchi ibratli hayoti hamda sermazmun ijodi har birimiz uchun yuksak namuna bo‘lib xizmat qiladi.
Alisher Navoiy merosi abadiy yashaydi, uning so‘zi va ruhi qalblarimizni ezgulikka, ma’rifatga va yuksak maqsadlar sari yetaklashda davom etadi.
Bugun VITIning kichik majlislar zalida ushbu so’zlar bilan tadbir boshlandi, tadbirni institut Kutubxona mudiri Dilshoda Karimova boshlab berdi.
Undan so’ng professor B.A.Elmurodov so’zga chiqib bobokalonlarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida so’z olib bordi, ularning qoldirgan katta ma’naviy merosidan unumli foydalanish zarurligi haqida maruza qildi.







Fikr bildirish