Telefon: +998 66 666-56-30

VITIda «Xalqaro veterinariya kuni»ga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining faollar zalida «Xalqaro veterinariya kuni»ga bag‘ishlab oʻquv-seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda institut rahbariyati, ilmiy xodimlar va ishlab chiqarish mutaxassislari ishtirok etishdi, kirish so’zini institut direktori X.T.Yuldoshev boshlab berdi va bugungi seminarni mazmuni  borasida qisqa maʼruza qilib, veterinariya mutaxassislarining oldida juda katta vazifalar turganligi, sohaning nechog’lik muhimligi eʼtirof etildi.

Seminarning kun mavzusi “Sut va sut mahsulotlarining xavfsizlik koʻrsatkichlari, namuna olish va laboratoriya sinovlarini oʻtkazish, olingan natijalarni tahlil qilish va umumiylashtirish” etib belgilangan bo’lib ushbu mavzu yuzasidan institut olimlari B.A.Elmurodov, O.U.Kuldashev, A.D.Ulug’muradovlar maʼruza qilishdi.

Seminarda ishtirok etayotgan Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazining Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati bo’limi mutaxassislari o’zlari uchun kerakli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishdi, o’zlarini qiziqtirgan savollar bo’yicha maʼruzachilarga savollar berib tegishli javoblar olishdi, oʻquv-seminar shaklidagi ushbu uchrashuv kelgusida muntazam tarzda olib borilishi bo’yicha takliflar ilgari surildi.

Institut olimlari tomonidan yaratilgan yangi preparatlar, ilmiy amaliy va uslubiy qo’llanmalar kelgan mehmonlar va mutaxassislarga tanishtirilib namunalar taqdim etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan