Bugun Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida 11-noyabr Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari kuni hamda tashkilotning 120 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbirda ASM Samarqand shahar kengashi rahbariyati R.U.Valiyev hamda R.A.Suyunovlar mehmon sifatida tashrif buyurishdi va kelgusi yil institutning 100 yilligi ekanligini inobatga olib institut direktoriga O’zbekiston Respublikasi Gerbi nusxasini topshirdi hamda hamkorlikdan mamnun ekanliklarini aytib o’tishdi.


Shundan so’ng institutning kichik majlislar zalida yig’ilgan institut jamoasi bilan tadbir o’tkazildi, dastlab kirish soʻzi bilan institut direktori X.T.Yuldoshev tadbirni ochib berdi va bugungi kunda Kasaba uyushmasi tomonidan institut xodimlariga koʻrsatilayotgan moddiy, maʼnaviy va tashkiliy ishlarni etrof etdi.

Undan keyin ASM Samarqand shahar kengashi raisi R.Valiyev soʻzga chiqib institut olimlarini yaqindan tanishi, oʻzining ham sohaga aloqasi borligi hamda VITIni alohida eʼtibor bilan eʼzozlashini aytib oʻtdi, sababi tashkilot tumanda joylashgan boʻlsada shahar kengashiga xodimlarning hohishi bilan aʼzo boʻlganligi etrofga sazovor ekanligini takidladi hamda tashkilotdagi Kasabaga oid har qanday masalalarni hal etishda yordamni ayamaslikni yana bir bor eslatib oʻtdi.


Tadbir davomida shahar kengashi kasabasi tomonidan institut xodimlarining 10 nafarini Yubiley yoshlari ekanligi munosabati bilan ularga qimmatbaho sovgʻalar va tashakkurnomalar tantanali tarzda topshirildi.










Shu bilan birga institutning kasaba uyushma qoʻmitasi aʼzolarining faoliyati ham eʼtirof etilib ularga ham VITI Kasaba uyushma qoʻmitasi raisining Tashakkurnomalari topshirildi.



Tadbir yakunida soʻz olganlar ASM Samarqand shahar kengashi va institut kasaba uyushmasidan rozi ekanligini va ularning kelgusi ishlarda yangi yangi muvaffaqiyatlar tilab qolishdi.






Fikr bildirish