O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining 2025-yil 18-iyuldagi 106-sonli buyrug‘iga asosan Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Gelmintologiya laboratoriyasi mudiri, v.f.f.d. J.Isayev va Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti direktor o‘rinbosari, q.x.f.f.d. (PhD) R.Pardayevlar Samarqand viloyati Nurobod tumanida bo‘lishdi.



Mutaxassislar dastlab Nurobod tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassislari hamda qo‘y va echkichilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.


Uchrashuv davomida chetdan olib kelinayotgan naslli chorva mollarining biologik xususiyatlari, moslashuvchanligi, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Ucharshuv qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi.

Shundan so‘ng, 5000 bosh “Bayat” zotli qo‘ylar keltirilishi rejalashtirilayotgan “Olg‘a” MFY da joylashgan “Samarqand Nurobod Go‘sht Sut” MChJ ga borib, zotning xususiyatlari, mahsuldorlik yo‘nalishi, moslashuvchanligi, pushtdorlik ko‘rsatkichlari va bir qator xususiyatlari hamda xo‘jaliklarda veterinariya tadbirarni o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilganlarga tushunchalar berildi.








Fikr bildirish