Telefon: +998 66 666-56-30

VITIning ilmiy xodimlari «Eng yaxshi ixtiro» muallifi deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Intellektual mulk agentligida «Eng yaxshi intellektual mulk obekti» tanlovi bo’lib o’tdi.

Ushbu tanlovda O’zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi qoshidagi Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining xodimlari o’zlarining loyihalari bilan ishtirok etishdi.

Ilmiy xodimlar M.A.Ruzimurodov, A.D.Ulug’muradov, A.Saidovlar «Mayda shoxli mollarning brutsellyoz kasalligiga qarshi vaksina tayyorlash» mavzusidagi, Brucella abortus 104-M-Uz varianti, biotip-6 shtammi (FAP 02009) foydali modeli bilan qatnashib «ENG YAXSHI IXTIRO YOKI FOYDALI MODEL» sifatida e’trof etildi.

Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining sovrindor xodimlarini institut rahbariyati va barcha xodimlari qizg’in tabriklaydi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan