Telefon: +998 66 666-56-30

VITIning NAVBATDAGI ILMIY KENGASHI BO’LIB O’TDI

Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining Kichik majlislar zalida Ilmiy kengashning navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Ushbu yig’ilishda kun tartibidagi ikkita masala:

  1. Institutda Prezident qarorlari, Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlik va Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi buyruqlari, Ha’yat qarorlari, Institut kengashi qarorlarining bajarilishi hamda ijro intizomiga rioya qilishning holati to’g’risida VITIning Devonxona mudiri M.Xoliqovaning axboroti hamda
  2. VITI Kasaba uyushma qo’mitasi raisi A.Xushnazarovning axboroti eshitildi.

Ikkala axborot ham kengash a’zolar tomonidan ijobiy qabul qilindi.
Undan tashqari xar hil masalalar yuzasidan Ilmiy kengashga kelib tushgan murojaatlar o’qib eshittirildi, muhokama qilindi va xodimlarni qiynab turgan masalalar ijobiy hal etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan