Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutiga Innovatsion rivojlanish agentligi Ilmiy-texnik axborot markazining «Ilmiy tahririyat va noshirlik» boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Sardorjon Saloydinov tashrif buyurdi.



Ushbu tashrifni institut xodimlari iliq qarshi olishdi, sababi aynan bugun jamoa uchun quvonchli kun hisoblanadi, VITI hamda Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi MChJning hamkorligida «RESEARCH FOCUS» nomli jurnali O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2025-yil 13-iyundagi №371/5-sonli qarori bilan 16.00.00 – Veterinariya fanlari bo‘yicha asosiy ilmiy natijalarni chop etish tavsiya etilgan milliy jurnal sifatida tan olindi.

Uchrashuvda aynan ushbu yutuq bilan yetakchi mutaxassisi Sardorjon Saloydinov institut rahbariyati va barcha ilmiy xodimlarni qizg’in tabrikladi va qisqacha jurnalning ish rejasi va talablari haqida ma’lumot berib o’tdi.

Bugungi uchrashuvda jurnal taqdimotidan tashqari Xalqaro ilmiy bazalar(Scopus.com, Web of sciene.com, Research Gate, Google scholar, Academia.edu)dan ro’yxatdan o’tish, ushbu platformalarda ishlash bo’yicha master class trening darslari tashkil etildi, ushbu treningda institutimizga hamkor bo’lgan tashkilot vakillari va institutning ilmiy xodimlari faol ishtrok etishdi.



Tashkil etilgan trening darslarni Sardorjon Salaydinov qiziqarli tarzda olib bordi, uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan qiziqarli tuyilgan savollarga batafsil javoblar berildi.


Fikr bildirish