Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Araxnoentomorogiya laboratoriyasi mudiri veterinariya fanlari bo’yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim Pulotov Faxridin Sayfidinovich va Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi direktori, veterinariya fanlari bo’yicha falsafa doktori Murodov Xurshid Uktamovichlar Qoraqalpog’iston respublikasida xizmat safarini o’tashmoqda.

Ushbu safar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnorogiyalar universiteti Nukus filiali direktorining 2025-yil 16-iyundagi №753/5-sonli buyrug’iga asosan tashkillashtirilgan bo’lib, 2025 yil 17-19-iyun kunlari o’tishi rejalashtirilgan Veterinariya va zooinjeneriya fakulteti ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabalariga Yakuniy davlat attestatsiya sinovi, bitiruv malakaviy ishi va magistratura mutaxassisligi bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyasini himoyasida komissiya raisi sifatida ishtirok etishdilar.

Bundan tashqari ilmiy xodimlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanidagi “Sultan bereketli sharwa” chorvachilik kompleksida bo’lib, u yerdagi yutuqlar va muammolar bilan tanishishdi hamda amaliy yordamlashish maqsadida o’zaro ilmiy-amaliy hamkorlik shartnomasi tuzishdi.

Fikr bildirish