Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan yaratilgan (joriy qilingan) texnologiyalar roʻyxati
- Qishloq xo‘jalik hayvonlarining gelmintozlariga qarshi “ALSUS” preparati
Ishlanmaning qisqacha tavsifi:
Keng ta’sir doiraga yuqori samarali mahalliy antgelmint vosita bo‘lib, u O‘simlik moddalar kimyosi Institutida yaratilgan va “Novoi Azot” IBda ishlab chiqilgan va Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan. Tirik og‘irligi hisobida 5-10 mg/kg, parranda (tovuq)larga 0,03 g dozada og‘iz orqali induvidual yoki yem (kepak, kombikorm)ga qo‘shib beriladi.
Mas’ul raqami: +99893.997-88-79 J.M.Isayev
Ishlanmaning rasmi

2. Hayvonlarning brutsellyoz kasalligini ekspress tashxislash uchun “AR, KBR, KUMBR uchun yagona brutsellyoz antigeni
Ishlanmaning qisqacha tavsifi:
Mamlakatimizda loyiha doirasida ushbu mahsulotlarning yagona ishlab chiqaruvchisi bo’lib, mahalliy xom-ashyo hisobiga hayvonlardan insonlarga yuqadigan xavfli brusellyoz kasalligini erta va tezkor aniqlash imkonini beradi va import o‘rnini to‘liq bosadi.
Mas’ul raqami: +99850.075-55-88 A.D.Ulug‘muradov
Ishlanmaning rasmi

3. Sutda xalqa reaksiyasi uchun rangli brutsellyoz antigeni
Ishlanmaning qisqacha tavsifi:
Mamlakatimizda loyiha doirasida ushbu mahsulotlarning yagona ishlab chiqaruvchisi bo’lib, mahalliy xom-ashyo hisobiga hayvonlardan insonlarga yuqadigan xavfli brusellyoz kasalligini erta va tezkor aniqlash imkonini beradi va import o‘rnini to‘liq bosadi.
Mas’ul raqami: +99893.997-14-86 A.Saidov
Ishlanmaning rasmi

4. Ro‘zbengaltest (RBT) uchun brutsellyoz antigeni
Ishlanmaning qisqacha tavsifi:
Mamlakatimizda loyiha doirasida ushbu mahsulotlarning yagona ishlab chiqaruvchisi bo’lib, mahalliy xom-ashyo hisobiga hayvonlardan insonlarga yuqadigan xavfli brusellyoz kasalligini erta va tezkor aniqlash imkonini beradi va import o‘rnini to‘liq bosadi.
Mas’ul raqami: +99850.075-55-88 A.D.Ulug‘muradov
Ishlanmaning rasmi

5. Quyonlarning pasterellyoz kasalligiga qarshi GOA formol vaksina
Ishlanmaning qisqacha tavsifi:
VITI olimlari tomonidan mahaliy shtammlar asosida yaratilgan barcha sinovlardan o’tkazilgan. Quyonlar pasterellyoziga qarshi GOA formol vaksina quyonlar bakterial kasalligini oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Mas’ul raqami: +99899.590-51-42 N.Nabiyeva
Ishlanmaning rasmi

6. Qoramollar qon parazitar teylerioz kasalligiga qarshi vaksina
Ishlanmaning qisqacha tavsifi:
O‘zbekiston Respublikasida hududida qoramollarning teylerioz kasalligiga qarshi kultural vaksina ilk marotaba mahalliy shtamlar asosida ishlab chiqilgan. Ushbu mahalliy vaksina qoramollarning teylerioz kasalligini oldini oladi va samaradorligini oshiradi.
Mas’ul raqami: +99894.531-77-33 N.Karimova
Ishlanmaning rasmi

7. Hayvonlarning zooparazitozlariga qarshi “Bioinsektetsid” preparat
Ishlanmaning qisqacha tavsifi:
O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo’jalik hayvonlarining ektoparazitlariga qarshi samarali bo‘lgan, hayvon organizmi uchun toksik ta’sirga ega bo’lmagan preparat. AL-442105823 “Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini parazitar va transmissiv kasalliklar tarqatuvchilari (Artropoda)ga mahalliy bioinsektitsid preparatini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida yaratilgan
Mas’ul raqami: +99893.991-60-67 F.Pulotov
Ishlanmaning rasmi

8. Hayvonlar tuberkulyoziga qarshi RIFIZOSTREP рreparati
Ishlanmaning qisqacha tavsifi:
Rifizostrep preparati hayvonlar tuberkulyoziga qarshi kurash va oldini olish vositasi bo‘lib, farmakopeya dorivorlaridan tashkil topgan. Preparat hayvonlar tuberkulyozi bo‘yicha nosog‘lom, shartli sog‘lom va kasallik tarqalish xavfi mavjud qoramolchilik fermalari hamda boshqa turdagi hayvonlar (toq va juft tuyoqli hayvonlar, mo‘ynali hayvonlar) tuberkulуоzining kimyoprofilaktikasi uchun mo‘ljallangan.
Mas’ul raqami: +99890.655-13-13 G.Mamadullayev
Ishlanmaning rasmi


