Telefon: +998 66 666-56-30

YOSH OLIMLAR KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI YIG’ILISHI BO’LDI

Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining Yosh olimlari institutda o’tkazilishi rejalashtirilgan Konferensiyani ko‘tarinki ruhda o’tkazish maqsadida yig’ildi.

Ushbu yig’ilishda Yosh olimlar kengashi raisi N.Hamroqulov tashkiliy masalalar yuzasidan yig’ilgan a’zolarga tanqidiy-tahliliy nutq bilan murojaat qildi, ayrim e’tiborsiz munosabatda bo’layotgan yoshlarni faollashishga chaqirdi.

Keyingi masala bo’yicha institut Ilmiy kotibi K.Akramov ham so’zga chiqib birlashib katta kuch ekanligimizni, kimda qanday muammo bo’lsa birgalikda mana shunday uchrashuv bilan hal qilish mumkinligini eslatib o’tdi va har kuni kunning qay vaqtidan qat‘iy nazar qanday ilmiy yordam kerak bo’lsa tortinmay murojaat qilish mumkinligini aytib o’tdi.

Institutning Ma’naviyat, ma’rifat masalalari bo’yicha ma’suli N.Karimova ham so’zga chiqib, ushbu uchrashuvga kelmaganlarni tanqidga oldi va ularni e’tiborsizlik qilgani uchun ogohlantirish lozimligini taklif sifatida kiritishni jamoadan so’radi.

Institut Kasaba uyushma qo’mitasi raisi A.Xushnazarov ham so’zga chiqib Konferensiyani ko‘tarinki ruhda o’tkazish uchun bizda tajriba yetarli ekanligi, bugungi kunda ilmiy platformalarda muntazam institut xodimlarining maqolalari chiqib turganligini jamoaga eslatdi, kelgusida yanada katta rejalar mavjudligi, ularni ilmiy kotib aytganidek jamoaviy harakat bilan hal etish mumkinligini yana bir bor aytib o’tdi.

Yosh olimlarning mana shunday uchrashuvlari kelgusida institutning ilmiy salohiyatini yuksaltirishda katta ahamiyatga ega bo’ladi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan