Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi taşabbusi bilan tizim taşkilotlari xodimlari uçun yangi lotin-özbek alifbosining mazmun-mohiyati va afzalliklariga bağişlangan masofaviy öquv seminari ötkazildi.
ZOOM platformasi orqali onlayn şaklda taşkil etilgan uşbu tadbirda Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining rahbariyati hamda barça ilmiy xodimlari faol iştirok etişdi. Seminarni sohaning malakali mutaxassislari olib borişdi. Ular islohotlarning ahamiyati, yangi alifbodagi harflarning qulayligi va ularning yozuv amaliyotidagi afzalliklarini atrofliça yoritib berişdi.
Mavzuni yanada teranroq etkaziş maqsadida mutaxassislar bugungi kungaça alifbomizning bosib ötgan tarixiy rivojlaniş bösiçlari hamda özgariş tarixi haqida qiziqarli ma’ruzalar qilişdi. Institut jamoasi yangi alifboga ötiş zaruriyati va uning tilimiz sofligini saqlaşdagi örni borasida özlarini qiziqtirgan barça savollarga batafsil javoblar oldilar.
Uşbu öquv seminari tizim taşkilotlarida, xususan, ilmiy-tadqiqot institutlarida davlat tilida iş yuritiliş samaradorligini yanada oşirişga xizmat qiladi.










Fikr bildirish