Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida 2027-yil I çoragi uçun mustaqil izlanuvçilik (PhD va DSc) bosqiçlariga hujjat topşirgan talabgorlar diqqatiga!
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori talablariga muvofiq, institut direktorining 47-i/ç-sonli buyrug̈i asosida taşkil etilgan maxsus komissiya iştirokida mustaqil izlanuvçilikka hujjat topşirgan daʼvogarlar bilan mutaxassislik böyiça suhbat jarayonlari bugun, 2026-yil 23-oktabr kuni muvaffaqiyatli ötkazildi.
Suhbat jarayonida quyidagi nomzodlar özlari tanlagan ilmiy dissertatsiya mavzulari, tadqiqot maqsadlari va kutilayotgan natijalar böyiça komissiya aʼzolariga batafsil maʼlumot berişdi:
- Zubaydov Fazliddin Fayziyeviç (16.00.03 – Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi)
- Uraqova Ruqiya Mamaraximovna (16.00.03 – Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi)
- G̈oyibnazarov Qiliç Xudoyberdiyeviç (03.00.06 – Zoologiya)
- Tairov Jaxongir Ergaşoviç (16.00.03 – Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi)
- Ahmadov Abror Ilhom ög̈li (16.00.02 – Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar aquşerligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi)
Yigʻiliş yakunida komissiya aʼzolari tomonidan ilmiy işlari biroz çala va g̈oyalari xomroq bölgan nomzodlarga tadqiqot faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça zaruriy taklif va tavsiyalar berildi.
Quvonarli holat şuki, suhbat natijalariga köra barça nomzodlar mustaqil tadqiqotçilikka qabul qilindi!
Institut maʼmuriyati barça mustaqil izlanuvçilarni uşbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etadi va kelgusi ilmiy faoliyatlarida zafarlar tilaydi!
🔬 Institut maʼmuriyati









Fikr bildirish