Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida faoliyat yuritayotgan “Do‘stboy” fermer xo‘jaligiga Xitoy davlatidan keltirilgan 93 bosh golshtin zotli qoramollarda qon-parazitar kasalliklarning oldini olish, epizootik barqarorlikni ta’minlash hamda hayvonlar salomatligini muhofaza qilish maqsadida profilaktika va diagnostik tadbirlar amalga oshirildi.
Mazkur tadbirda Protozoologiya laboratoriyasi mudiri G.A. G‘afurov, katta ilmiy xodim N.U. Karimova hamda kichik ilmiy xodim Q.H. G‘oyibnazarovlar tomonidan olib borilib, qoramollarning umumiy klinik holati o‘rganildi, qon namunalari laborator tahlildan o‘tkazildi va qon parazitar kasalliklariga qarshi samarali profilaktik choralar qo‘llanildi.
Olib borilgan ilmiy-amaliy ishlar natijasida Koramollarda parazitar kasalliklarning tarqalish xavfini kamaytirish, ularning mahsuldorligi va fiziologik holatini barqaror saqlashga qaratilgan muhim veterinariya tadbirlari bajarildi.








Fikr bildirish