Bugun Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Kasaba uyushma qo’mitasining navbatdagi yig’ilishi o’tkazildi.
Yig’ilishni KUQ raisi I.Y.Sultanova olib bordi va kun tartibidagi yagona masala «9-may XOTIRA VA QADRLASH» kuni munosabati bilan institutda uzoq yillar mehnat faoliyatini olib borgan va bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan ilmiy va ishchi xodimlarning bir guruhini holidan xabar olish rejasini aytib o’tdi.
Kengash a’zolari bayram bahona ularning tarixiy xotiralaridan bahramand bo’lish, hamda institutning 100 yilligiga yangi rahbar X.T.Yuldoshev boshchiligida institutda bo’layotgan o’zgarishlarni yetkazish kabi ezgu niyatlarini aytib o’tishdi.
Bugungi kunda sobiq xodimlarning o’nga yaqini ro’yxatga olindi va rejaga kirgizildi, kengash a’zolari ularni sovg’a salomlar bilan xotirlashni bir ovozdan ma’qullashdi.





Fikr bildirish