Veterinariya ilmiy tadqiqot institutining «BIOKIMYO VA RADIOBIOLOGIYA LABORATORIYASI» mudiri, veterinariya fanlari nomzodi B.Hakimov Samarqand viloyatining Kattaqo’rg’on tumani «Qo’shqo’ton»MFY da ochiq seminar o’tkazdi.
Ushbu seminarda «Qo’shqo’ton»MFY ning ko’cha boshilari faol ishtirok etishdi, ularga mutaxassis B.Hakimov favqulotda vaziyatlar ro’y berganda radiatsiya va nurlanish xavfi yuzaga kelganda qanday harakatlanish, qanday amallarga rioya etish bo’yicha tushuntirish ishlarini olib bordi.
B.Hakimov klassik usullardan tashqari bugungi zamonaviy texnologiyalardan iborat asbob uskunalarni yig’ilganlarga tanishtirdi, ularni ishlatish usullarini tushuntirdi.
Mutaxassisning tezkorlik bilan zamonaviy asbob yordamida aniqlashicha ushbu hududdagi radiatsiya juda zaif va insonlar hamda hayvonlar organizmiga mutlaqo zararsiz ekanligi eʼtirof etildi.









Fikr bildirish