Joriy yilning 22-may kuni Veterinariya ilmiy tadqiqot institutining Parranda, quyon, baliq va asalari kasalliklari laboratoriyasi xodimlari katta ilmiy xodim v.f.f.d., R.M.Uraqova va kichik ilmiy xodim N.A.Sulaymonovalar Samarqand viloyati Toyloq tumani Eski juma MFY qarashli fuqaro Rajab Jurayevga tegishli xususiy baliqchilik suv havzasida chaqiruv asosida xizmat safarida bo’ldi.
Parranda, quyon, baliq va asalari kasalliklari laboratoriyasi ilmiy xodimi R.M.Uraqova baliq kasalliklari bo’yicha ilmiy va amaliy bilimga ega, baliqchilik sohasida ham tajribali olimalardan.
Ushbu laboratoriya kichik ilmiy xodimi N.A.Sulaymonova esa yaqindagina baliqlar invazion kasalliklari bo’yicha PhD v.f.f.d darajasiga ega bo’lib faoliyat yurita boshladi. Hozirda bu olimalar hamfikrlilikda tadqiqot olib bormoqda. Olimalarning aytishicha keyingi yillarda baliqchilik sohasida ham tadqiqotchi olimlar soni ko’paymoqda ammo soha boʻyicha yetakchi mutaxassislar yetarli emas, tadbirkorlar esa kim bu boʻyicha bilim malakaga ega ekanligini ham bilishmasligini ta’kidlab o’tishdi.
Bizning VITI baliq kasalliklari bo’yicha olimalari ushbu xonadoniga borib, u yerdagi holatni o’rganib hattoki kasallangan baliqlarni laboratoriyaga olib kelib laboratoriya mudiri katta ilmiy xodim v.f.f.d Sh.K.Baliyev bilan birgalikda diagnostik teshirish jarayonlarini amalga oshirishdi.
Shu bilan birga murojaatchi baliq suv havza egasi Rajab Jurayevga amaliy tavsiyalar ham berdilar. Tadqiqot jarayonlari davom etmoqda.













Fikr bildirish