Telefon: +998 66 666-56-30

, ,

FAVQULODDA VAZIYATLARDA QANDAY HARAKATLANISH BO’YICHA O’QUV MASHG’ULOTI O’TKAZILDI

Samarqand viloyati Toyloq tumani Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti hududida o‘tkaziladigan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi bo‘yicha tayyorgarlik rejasiga muvofiq bugun 22-mayda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

Unga ko’ra “Sanksiyalanmagan ionlashtiruvchi nurlanish manbalari topilishi bilan bog‘liq avariyani bartaraf etishda hamda Yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olishda FVDqT xizmatlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida tadbir tashkillashtirildi.

Tadbirni institut direktori X.T.Yuldoshev kirish so’zi bilan ochib berdi, institut rahbari bugun nafaqat dunyoda balki respublikamizda ham kuzatilayotgan tabiiy ofatlar, uning kutilmaganda paydo bo’lishi, aynan paydo bo’lganda biz qanday harakat qilishimiz lozimligi haqida tushunchalarni berib o’tdi.

Undan so’ng hamkor tashkilot vakillari va rahbariyati ham bugungi tadbirning nechog’lik muhimligi yuzasidan o’z fikr mulohazalarini bildirib o’tishdi.

Tadbir barcha hamkor tashkilot vakillari bilan birgalikda reja asosida olib borildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan