🏢 Respublikamizda 18-apreldan 18-maygacha “Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi e’lon qilindi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tegishli buyrugʻi bilan
🐄 “Sog‘lom chorva – farovon mahalla” shiori ostida tegishli yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.
📍 Ushbu qaror ijrosi yuzasidan Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Parranda, quyon, baliq va asalari kasalliklari labaratoriyasi mudiri v.f.f.d., katta ilmiy xodim Sh.Q.Baliyev, Veterinariya sanitariyasi va urchitish patologiyasi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi v.f.f.d., S.A.Suvonov va Ilmiy kadrlarni tayyorlash, mutaxassislar malakasini oshirish shuʼbasi mudiri v.f.f.d., B.K.Uluqovlar ishtirokida Fargʻona viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida Yozyovon, Quva va Qoʻshtepa tuman veterinariya bo‘lim boshliqlari va soha mutaxassislariga o‘quv-seminar tashkil etildi.
📒 Seminar davomida yuqumli kasalliklar tarqalishi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha hamda chorva hayvonlarining ginikologik va parazitar kasalliklari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, baliq va asalari kasalliklari yuzasidan qizgʻin suxbat tashkil qilindi. Seminar qatnashchilari hozirgi kunda xoʻjaliklarda uchrab turgan kasalliklar va ularni oldini olish, davolashga doir savollarga mutaxassislardan kerakli javoblarni oldi.
💬Seminardan soʻng VITI olimlari ushbu tumandagi chorvachilik va baliqchilik xoʻjaliklarini koʻzdan kechirib, hayvonlarni saqlash va parvarishlash yuzasidan oʻzlarining tavsiyalarini berib oʻtdi.
✅ Sog‘lom chorva — farovon mahalla garovi!







Fikr bildirish