Bugun Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi Ilmiy kengashning Seminar kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Unda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali mustaqil izlanuvchisi Otegenova Shiyrinbike Kobeysinovnaning tanlagan mavzusi bo’yicha taqdimoti tinglandi.
Tadqiqotchi «Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy hududlarida qoramollar teyleriozini epizootologik holati, davolash va profilaktikasining zamonaviy usullarini ishlab chiqish» mavzusida izlanishlar olib borgan bo’lib, ushbu mavzu yuzasidan bir qancha ilmiy ishlar bajargan va natijalarga asoslangan ilmiy ishlar chop ettirgan
Taqdimot yakuniga ko’ra Otegenova Shiyrinbike Kobeysinovnaga 03.00.06 – «Zoologiya» (veterinariya fanlari) ixtisosligi boʻyicha bajarilgan veterinariya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini ilmiy seminar muhokamasi muvaffaqiyatli yakunlandi va keyingi bosqichga yo’llanma berildi







Fikr bildirish