Samarqand viloyatining Kattaqo’rg’on tumani «Qo’shqo’ton»MFY dagi seminarning asosiy maʼruza qismi yakunlanach Boliqul Hakimov dolzarb mavzulardan hisoblangan zooantropozoonoz kasalliklarga bag’ishlangan maʼruzasini yig’ilgan faollarga aytib o’tdi.
Maʼruzachi ushbu kasalliklarni xavflilik darajasi, hayvonlardan insonlarga yuqishi, kasallikning oqibati, chorva hayvonlariga iqtisodiy zarari va insonlardagi kasallikning klinik belgilarini batafsil aytib o’tdi.
B.Hakimov o’zining mehnat faoliyatida ushbu kasalliklarni oldini olishda erishgan katta tajribasini aytib o’tdi va kasallikning zanjirini uzish eng samarali usul ekanligini eʼtirof qilib itlarni digelmintizatsiya qilish vositalari hamda suyilgan chorva hayvonlarining parenximatoz organlarini itlarga pishirmasdan bermaslik lozimligini tayinladi.
Yig’ilish seminari yakuniga yetgach ikki maʼruza bo’yicha yig’ilgan faollar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va aniq javoblar hamda tavsiyalarni olishdi.




Fikr bildirish