Telefon: +998 66 666-56-30

,

INSTITUT KASABA UYUSHMA QO‘MITASI RAISI MALAKA OSHIRMOQDA

✨ O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Malaka oshirish institutida Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlarning xotin-qizlar komissiyasi raislari uchun o‘quv haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

📌 Quvonarlisi, ushbu nufuzli o‘quv kursida Samarqand shahar kengashi tizimidagi Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Sultanova Intizor Yuldashevna ham faol ishtirok etmoqdalar.

💼 Malaka oshirish darslari tajribali va yuqori malakali mutaxassislar tomonidan juda qiziqarli hamda interaktiv tarzda tashkil etilgan. Mazkur seminar-treninglarda olingan bilim va ko‘nikmalar kelgusida tashkilot rivoji va xotin-qizlar faolligini oshirishda o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatishi shubhasiz.

🤝 Intizor Yuldashevnaga ushbu o‘quv haftaligida omad tilab, kelgusi mas’uliyatli va xayrli ishlarida ulkan zafarlar hamda rivoj tilab qolamiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan